
Sug‘urtaning mazkur turi Sizga qanday kutilmagan hodisa yuz berishidan qat‘iy nazar farzandingiz (yoki o‘zingiz) nikoh qurishi paytida moliyaviy mablag‘lar bilan ta‘minlash masalasini hal etish imkonini beradi. Sug‘urta muddati mobaynida ishonchli sug‘urta himoyasi bilan ta‘minlab, oila boquvchisidan (Sug‘urtalanuvchidan) ayrilganda ham farzand nikoh qurayotganda kelishilgan pullarni oladi va kerakli mablag‘lar bilan ta‘minlangan bo‘ladi.
Sug‘urta shartnomasining asosiy shartlari:
1. Sug‘urta muddati – 13 oydan 20 yilgacha;
2. Sug‘urta puli miqdori Sug‘urtalanuvchi (mijoz) tomonidan tanlangandan keyin Sug‘urta kompaniyasi sug‘urta mukofotini hisoblab beradi. Sug‘urta mukofotining miqdori Sug‘urtalangan shaxsning yoshi, sug‘urta muddati va sug‘urta badallarini to‘lash tartibiga bog‘liq.
3.Badallar to‘lovi quyidagi uslublarning birida: bir vaqtning o‘zida to‘liq, yillik, yarim yilda bir marotaba, har chorakda yoki har oyda amalga oshirilishi mumkin;
4. Sug’urta puli quyidagi hollarda (sug’urta hodisasi) to’lanadi:
– farzand nikoh qurganda;
– farzand sug‘urta polisida ko‘rsatilgan yoshga to‘lganda (agar belgilangan muddatda nikoh qurmasa).
Yuqorida ko‘rsatilgan hollarda sug‘urta puli miqdori barcha to‘langan badallar va Kompaniyaning qo’shimcha bonusi yig‘indisiga teng.
Qo‘shimcha himoya:
– sug‘urta muddati mobaynida ota-ona halok bo‘lsa I guruh nogironi bo‘lsa va badallarni to‘lay olmasa ham Sug‘urta kompaniyasi ota-ona tomonidan to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘ni (bonussiz) to‘lab beradi;
– mijoz istagiga ko‘ra sug‘urta shartlarida ota-onani va farzandni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash sharti kiritilishi mumkin.
5. Ota-onaning yoshi – 18 dan 60 gacha, shartnoma muddati tugashi sanasida 65 yoshdan katta bo‘lmasligi kerak.