Shrift:
Rang:
Rasm:
Ovoz:
Qayta o‘rnatish:
panelni yashirish:
+998 (71) 207 47 74
info@uzhayot.uz
  • 2023/01/07
  • 4744

Yuqumli kasalliklardan sug‘urtalash


 

Sifatli tibbiy xizmat olish uchun ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisidan foydalanish juda qulay. Ammo, sog‘liqni saqlash sohasini tartibga soluvchi amaldagi qonun hujjatlaridagi qator talablarga muvofiq yuqumli kasallik yuzaga kelganda davolanish faqat ( aholiga bepul xizmat ko‘rsatuvchi) ixtisoslashgan tibbiy muassalarda amalga oshirilishi mumkin. Shunga qaramasdan, yuqumli kasallik faqat o‘z vaqtida davolanishnigina emas, balki keyinchalik tiklanishni ham talab etadi, bu davolovchi muassasa zimmasidagi vazifa bo‘lsada, ma‘lum xarajatlar bilan bog‘liqdir.

 

Bunday holatlarda yuqumli kasalliklardan sug‘urtalash polisi juda qo‘l keladi.

 

Mazkur mahsulot doirasida qator yuqumli kasalliklardan (ixtiyoriy tibbiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta hodisalari hisoblanuvchi o‘tkir raspitor havo infektsiyasi, gripp bundan mustasno) sug‘urta himoyasi taqdim etiladi.

 

Sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta kompaniyasi sug‘urta to‘lovini kasallik turidan kelib chiqib, sug‘urta puliga nisbatan foizlarda to‘laydi. Tabiiyki, polisni sotib olishda sug‘urta puli qanchalik yuqori bo‘lsa, kichkina jarohatlarda to‘lanadigan to‘lovlar miqdori shunchalik ko‘proq bo‘ladi.

 

Polis bahosi tanlangan qaltisliklar yig‘indisiga va sug‘urta puliga, sug‘urtalangan shaxsning yoshi sotib olinayotgan qoplama turiga bog‘liq. Oilaviy va jamoaviy sug`urtalashda sug`urta mukofotlari bo`yicha imtiyozlar mavjud.

 

Ushbu mahsulot alohida hamda ish beruvchi tomonidan taqdim etilayotgan ijtimoiy imtiyozlar majmuasining bir qismi ko‘rinishida sotib olinishi mumkin.

 

Tibbiyot muassasalarining xizmatlariga bo‘lgan narxlar har zamonda oshib turishini hisobga olinsa, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisini sotib olinishi sog‘liq bilan bog‘liq muammolar kelib chiqqanda sezilarli ko‘mak bo‘ladi.

image

Normativ-huquqiy bazasi

image

Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta

image

Hayot sug'urtasi


Ovoz bergan: 8