
«Daromad» sug’urta mahsuloti – bu uzoq muddatga sug’urta himoyasini ta’minlashga qaratilgan va qo’shimcha daromad ega bo’lish imkonini beruvchi dasturdir. «Daromad» sug’urta mahsulotining asosiy mohiyati pul jamg’arish va moliyaviy barqaror kelajak imkoniyatini beruvchi ishonchli sug’urta himoyasini ta’minlashdan iborat.
Sug’urta shartnomasining asosiy shartlari:
1. Sug’urta davri – 370 kun;
2. Sug’urta puli miqdori sug’urtalangan shaxs (mijoz) tomonidan belgilanadi, shundan so’ng Sug’urta kompaniyasi sug’urta mukofotini hisoblab chiqadi;
3. Sug’urta mukofoti/Badallari miqdori Sug’urta puli, badallarni to’lash davriyligidan kelib chiqqan holda o’rnatiladi;
4. Sug’urta qildiruvchi va Sug’urtalovchining kelishuviga binoan Sug’urta mukofoti bir vaqtning o’zida yoki har oyda sug’urta mukofotini to’lash yo’li bilan to’lanishi mumkin:
• Sug’urta badallarini har oy o’z vaqtida to’laganda kompaniya tomonidan jami sug’urta mukofotiga 4% miqdorda qo’shimcha bonus beriladi.
• Bir vaqtning o’zida sug’urta badallarini to’langanda esa jami mukofotga 7% miqdorda qo’shimcha bonus beriladi.
5. Sug’urta pulini to’lash quydagi hollarda amalga oshiriladi Sug’urtalangan shaxsga (Naf oluvchiga):
• sug’urtalangan shaxs sug’urta muddati kunida hayot bo’lsa (bu holda sug’urta puli miqdori barcha to’langan badallar va Sug’urta kompaniyasidan berilgan qo’shimcha bonus yig’indisiga teng).
• Vafot etish yuz berganda sug’urta pulining miqdori sug’urta summasi amalda to’langan sug’urta mukofotlarining 95% ga teng.
6. Sug’urtalangan shaxslarning yoshi – 18 dan 65 yoshgacha.