Shrift:
Rang:
Rasm:
Ovoz:
Qayta o‘rnatish:
panelni yashirish:
+998 (71) 207 47 74
info@uzhayot.uz
  • 2023/01/07
  • 4683

Ta‘lim


 

Sug‘urtaning mazkur turi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday holatdan qat‘iy nazar Sizga farzandingiz o‘qish dargohiga kirayotganda moliyaviy mablag‘lar bilan ta‘minlash masalasini hal etish imkonini beradi. Sug‘urta muddati mobaynida ishonchli sug‘urta himoyasi bilan ta‘minlab, oila boquvchisidan (Sug‘urtalanuvchidan) ayrilganda ham farzand o‘qishga kirayotganda kelishilgan pullarni oladi va kerakli mablag‘lar bilan ta‘minlangan bo‘ladi.

 

Sug‘urta shartnomasining asosiy shartlari:

 

  1. Sug‘urta muddati 13 oydan 20 yilgacha;
  1. Sug‘urta puli miqdori sug‘urtalanuvchi (mijoz) tomonidan tanlangandan keyin Sug‘urta kompaniyasi sug‘urta mukofotini hisoblab beradi. Sug‘urta mukofotining miqdori Sug‘urtalangan shaxsning yoshi, sug‘urta muddati va sug‘urta badallarini to‘lash tartibiga bog‘liq;
  1. Badallar to‘lovi quyidagi uslublarning birida: bir vaqtning o‘zida to‘liq, yillik, yarim yilda bir marotaba, har chorakda yoki har oyda amalgam oshirilishi mumkun;
  1. Sug‘urta quyidagi hollarda (sug‘urta hodisasi) to‘lanadi:

– farzand o‘qish dargohiga qabul qilinganda (OO‘Yu, kasb kolleji, akademik litsey, maktab);

– farzand Sug‘urta polisida ko‘rsatilgan yoshga to‘lganda (agar belgilangan muddatda o‘qishga kira olmasa).

Yuqorida ko‘rsatilgan hollarda sug‘urta puli miqdori barcha to‘langan badallar va kompaniyadan qo‘shimcha bonus yig‘indisiga teng.

Ota-onalar uchun qo‘shimcha himoya:

Sug‘urta muddati mobaynida ota yoki ona halok bo‘lib, kelishilgan badalni to‘lay olmasa ham Sug‘urta kompaniyasi ota-ona to‘lashi kerak bo‘lgan mablag‘ni (bonussiz ) to‘lab beradi.

  1. Ota-onaning yoshi – 18 dan 60 gacha, shartnoma muddati tugashi sanasida 65 yoshdan katta bo‘lmasligi kerak.

 

image

Normativ-huquqiy bazasi

image

Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta

image

Hayot sug'urtasi


Ovoz bergan: 8