Shrift:
Rang:
Rasm:
Ovoz:
Qayta o‘rnatish:
panelni yashirish:
+998 (71) 207 47 74
info@uzhayot.uz
  • 2022/11/08
  • 7410

Hayot sug'urtasi


 

Hayotni sug‘urtalash – oila o‘z boquvchisini yo‘qotganligini munosabati bilan duch kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy qiyinchiliklardan yaqinlarimizni himoyalash imkonini beruvchi dasturdir. Sug‘urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda Sug‘urta kompaniyasi Naf oluvchilarga (me‘rosxorlarga) bunday og‘ir va kutilmagan holatlarda odatdagidan ko‘ra ko‘proq zarur bo‘ladigan sug‘urta pulini to‘lab beradi.

Korporativ mijozlar uchun ularning xodimlari foydasiga mo‘ljallangan mazkur dastur xodimlarni va ularning oilalarini ijtimoiy himoyasini ta‘minlashning samarali mehanizmi bo‘lib, xodimlarning o‘z ishlariga bo‘lgan ishtiyoqlarini oshiradi va qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.

 

Sug‘urta shartnomasining asosiy shartlari:

1. Sug‘urta muddati 2 dan 20 yilgacha;

2. Sug‘urta puli miqdori Sug‘urtalanuvchi (mijoz) tomonidan tanlangandan keyin Sug‘urta kompaniyasi sug‘urta mukofotini hisoblab beradi. Sug‘urta mukofotining miqdori Sug‘urtalangan shaxsning yoshi, sug‘urta muddati va sug‘urta badallarini to‘lash tartibiga bog‘liq;

3. Badallar to‘lovi quyidagi uslublarning birida: bir vaqtning o‘zida to‘liq, yillik, yarim yilda bir marotaba, har chorakda yoki har oyda amalga oshirilishi mumkin;

4. Sug‘urta pulining to‘lovi sug‘urtalangan shaxs vafot etsa (sug‘urta hodisasi), Sug‘urtalangan shaxs tomonidan tayinlangan Naf oluvchi yoki Sug‘urtalangan shaxsning me‘rosxorlariga to‘lanadi;

5. Sug‘urtalangan shaxsning yoshi – 18 dan 60 gacha, shartnoma muddati tugashi sanasida 65 yoshdan katta bo‘lmasligi kerak.

 

image

Normativ-huquqiy bazasi

image

Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta

image

Hayot sug'urtasi


Ovoz bergan: 8