«O‘zbekinvest Hayot sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati 2003 yilda tashkil etilgan. Kompaniya Oʼzbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslariga, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, fuqaroligi boʼlmagan shaxslarga hayot va sogʼliqni sugʼurtalash boʼyicha xizmatlar koʼrsatish maqsadida tashkil etilgan.
Kompaniyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– Hayotni sugʼurtalash sohasining I-VII klasslarining ixtiyoriy va majburiy turlari, shuningdek, Umumiy sugʼurta sohasining 1, 2, 18-klasslari boʼyicha sugʼurta xizmatlarini koʼrsatish.
– tegishli sugʼurta mahsulotlarini taqdim etish orqali Oʼzbekiston Respublikasi aholisining keng qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vositalarini rivojlantirish;
– hayot va sogʼliq sugʼurtasining xalqaro standartlarini amaliyotga joriy etish;
– xalqaro, xorijiy, mahalliy va xorijiy, davlat va xususiy sugʼurta tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
– Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro qonunchilik doirasida sugʼurta xizmatlarini koʼrsatish.
Kompaniya Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan 27.02.2026 yilda berilgan №1408682 (SF-00050) litsenziya (2003 yil 22 dekabrdagi 10-000009-son davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma) asosida quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha faoliyat yuritadi:
– Hayotni sugʼurtalash sohasida quyidagi klasslar boʼyicha ixtiyoriy sugʼurta:
I klass – Hayot va annuitetlar
II klass – Nikoh va tug'ilish
III klass – Hayotni uzoq muddatli sug'urtalash
IV klass – Sogʼliqni sugʼurtalash
V klass – Majburiyatlarni ta'minlash uchun hayotni sug'urtalash
VI klass – Uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug'urtasi
VII klass – Kapitalni qaytarish bilan hayotni sug'urtalash
– quyidagi klasslar bo'yicha Umumiy sug'urta sohasida:
1-klass – Baxtsiz hodisalardan sugʼurta qilish
2-klass – Sogʼliqni sug'urtalash
18-klass – Tibbiy sug'urta
– Majburiy sug'urtani amalga oshirish.
«O‘zbekinvest Hayot SK» AJning shakllangan ustav kapitali 40 mlrd.soʼmni tashkil etadi. Taʼsischisi – «Oʼzbekinvest "EISK"» AJ.
«O‘zbekinvest Hayot SK» AJ Hayotni sugʼurtalash sohasida (xususan, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʼurta qilish toʼgʼrisidagi qonunni amalga oshirish doirasida annuitet shartnomalarini tuzish boʼyicha) majburiy sugʼurta xizmatlarini koʼrsatish huquqini olgan birinchi sugʼurta kompaniyasidir.
«O‘zbekinvest Hayot SK» AJning sugʼurta qilish uchun qabul qilingan risklar uchun toʼliq javobgarlikni oʼz zimmasiga olish qobiliyatini tasdigʼi kompaniyaga berilgan moliyaviy ishonchlilik reytingi (uz)“AAA-” (eng yuqori daraja) bilan ifodalangan. 08.09.2026 yildagi SNS Rating Reyting Аgentligining sertifikati.