Shrift:
Rang:
Rasm:
Ovoz:
Qayta o‘rnatish:
panelni yashirish:
+998 (71) 207 47 74
info@uzhayot.uz
  • 2021/10/17
  • 1939

«O’zbekinvest Hayot» sug’urta kompaniyasining ...


 

«O’zbekinvest Hayot» sug’urta kompaniyasining aprel oyidagi sug’urta to’lovlari hajmi 5,97 mlrd. so’mni tashkil etdi.

2020 yil bahori vatandoshlarimizning xotirasida uzoq vaqt qoladi. Mart oyining boshida dunyoni qamrab olgan COVID-19 pandemiyasi butun dunyoda shaxsiy izolyatsiyaga, karantin cheklovlarini joriy qilishga va natijada turli mamlakatlar iqtisodiyotining tanazzuliga olib keldi. Cheklov choralari joriy etilgandan so’ng, o’z ishchilari uchun ish joylarini saqlab qolishga, shuningdek, biznesning uzluksizligini ta’minlashga intilayotgan ko’plab tashkilotlar masofaviy ishlashga o’tdilar.

Ular orasida masofadan turib mijozlarga zarur xizmatlarni taqdim etishni davom ettirgan, va eng muhimi, sug’urta to’lovlari bo’yicha arizalarni qabul qilib, odatdagidek operatsiyalarni amalga oshirgan «O’zbekinvest Hayot» MChJ bor.

2020 yil aprel oyida «O’zbekinvest Hayot» MCHJ tomonidan 1,96 mingta hayotni uzoq muddatli sug’urtalash bo’yicha amalga oshirilgan sug’urta to’lovlari miqdori 5,97 mlrd. so’mni tashkil etdi, ularning qariyb 96% respublika hududlariga to’g’ri keladi.

To’lanadigan to’lovlarning umumiy miqdoridan ixtiyoriy sug’urta turlari ulushi 95% dan ko’proqni tashkil etadi, qolgan qismi majburiy turlar bo’yicha amalga oshirildi («Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida sug’urta shartnomalari bo’yicha).

Ta’kidlash joizki, joriy yilning yanvar-aprel oylarida hayotni uzoq muddatli sug’urtalashning ixtiyoriy va majburiy turlari bo’yicha to’lovlar miqdori 33,4 mlrd. so’mni tashkil etdi, ularning 97 foizdan ortig’i hayotni ixtiyoriy sug’urtalashga to’g’ri keladi.

 


 

image

Normativ-huquqiy bazasi

image

Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta

image

Hayot sug'urtasi


Ovoz bergan: 8