Shrift:
Rang:
Rasm:
Ovoz:
Qayta o‘rnatish:
panelni yashirish:
+998 (71) 207 47 74
info@uzhayot.uz
  • 2026/09/23
  • 158

«O‘zbekinvest Hayot SK» AJ va “O'zsanoatqurilishbank” ATB hamkorligida premium mijozlar uchun amaliy seminar o‘tkazildi.


   “O'zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki premium segmentidagi mijozlar uchun yangi moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarni joriy etish tashabbusi doirasida «O‘zbekinvest Hayot SK» AJ bilan hamkorlikda uzoq muddatli hayotni sug‘urtalash loyihasi ishlab chiqildi.

    Mazkur loyiha mijozlarga investitsiyaviy muqobil imkoniyat taklif etish bilan bir qatorda, o‘z hayotini sug‘urtalashni ham o‘z ichiga olgan moliyaviy vositalarni tanlash imkoniyatlarini kengaytiradi.

   Bugungi kunda tijorat banklari va sug‘urta kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik butun dunyo bo‘ylab moliyaviy hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu tizim bank mijozlari uchun qulaylik yaratib, sug‘urta kompaniyalari uchun yangi sotuv kanallarini kengaytirishga olib keladi.

    Amaliy seminar davomida ishtirokchilarga hayotni sug‘urta qilish sohasidagi mahsulotlar taqdimoti o‘tkazilib, sug‘urtaning afzalliklari va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.


image

Normativ-huquqiy bazasi

image

Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta

image

Hayot sug'urtasi


Ovoz bergan: 8