Joriy yilning sentyabr oyida «O‘zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasiga «SNS RATINGS» milliy reyting agentligi tomonidan «Barqaror» istiqbolli «AAA-» to‘lovga qodirlik va ishonchlilik reytingi berildi.
«Barqaror» istiqbolli «AAA-» (maksimal) reytingi kompaniyaning maksimal moliyaviy barqarorligini, uzoq muddatli majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish qobiliyatini hamda biznesning ochiq, barqaror va o‘sishga tayyor ekanligini ko‘rsatadi.
Reyting moliya bozori ishtirokchilarining shaffofligini oshiradi va investorlar va hamkorlar nazarida uning ishonchliligini tasdiqlaydi.
2003-yildan beri bozorda faoliyat yuritib kelayotgan «O‘zbekinvest Hayot» mijozlari va hamkorlarining ishonchini yuqori baholaydi va hayotni sug‘urtalash sohasida xizmatlar sifatini oshirishda va zamonaviy yechimlarni, jumladan, raqamli yechimlarni ishlab chiqishda davom etadi.
