Shrift:
Rang:
Rasm:
Ovoz:
Qayta o‘rnatish:
panelni yashirish:
+998 (71) 207 47 74
info@uzhayot.uz
  • 2022/12/26
  • 906

Nikoh to‘yi: qanday qilib bayramni ortiqcha xarajatsiz tashkil etsa bo...


 

Har bir insonning xayotida bir nechta asosiy tantana bor. Ular orasida nikoh to‘yi alohida o‘rin tutadi. Ota-onalar uchun farzandni o‘qitish kabi tashvish bilan bir qatorda niqohni tashkil etish masalasi ham juda muhimdir.

 

Farzandlar kolledj yoki oliygohni tamomlashlariga yaqin qolganda oilada o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida gap-so‘zlar bo‘ladi. Bu bizning o‘g‘limiz yoki qizimiz o‘z oilasini qurishi haqida qaror qabul qilishi bilan bog‘liq o‘zgarishlardir. Albatta, bu quvonchli voqea. Ammo bu tashvishsiz amalga oshmaydigan quvonchdir. Zero yoshlar o‘z ota‑onalarining ko‘maklariga muhtoj bo‘ladilar va bu tantana oz mablag‘ talab etmaydi.   Oila budjetini qanday qilib oqilona taqsimlash mumkin? Shunday taqimslansinki, odatdagi xarajatlarni qisqartirmay chiroyli to‘y qilish va yosh oilaga yaxshi sep-sidirg‘a sovg‘a qilish imkoni bo‘lsin.

 

Bugungi kunda moliyaviy sohada aholi uchun turli imkoniyatlar mavjud. Odamlarga eng tanishi bu bank kreditlaridir, lekin  boshqa, yanada qulay uslub ham mavjud. Bu – hayotni uzoq muddatli jamg‘arma sug‘urtasidir. 2003 yildan buyon milliy bozorda faoliyat yuritayotgan «O‘zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasi aynan mana shunday xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Sug‘urta bizga qanday mahsulotlarni taklif etadi va ularning ustuvor tomonlari nimadan iborat?

 

Bugungi mavzu nikoh to‘yiga bag‘ishlangan va bu voqeaning muhimligini hamda xalqimizning milliy urf-odatlarining o‘ziga xos ekanligi inobatga olib, «O‘zbekinvestHayot» sug‘urta kompaniyasi tomonidan «Nikoh uchun hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash» mahsuloti ishlab chiqilgan. Sug‘urtaning ushbu turi farzandlaringizning to‘ylariga avvaldan mablag‘ to‘plab borish imkoniyatini beradi. Ota-ona, shuningdek bobo va buvi, amaki yoki tog‘a, xola yoki ammalardan biri o‘z zurriyoti, nabirasi yoki jiyani uchun sug‘urta polisni sotib olishi mumkin. Sug‘urta shartnomasini tuzib, har oy, har chorakda, yarim yilda yoki yilda bir marotaba (masalan, yillik ish haqi mukofotlari hisobidan) jamg‘arma hisob raqamida yig‘iladigan sug‘urta badallarini to‘lab borishi mumkin. Shartnoma qanchalik tez tuzilsa, sizning oilaviy budjetingizdan sug‘urta uchun o‘tkaziladigan davriy badallar miqdori shunchalik kam bo‘ladi. Jamg‘arib borishdan tashqari, eng muhimi shartnoma amalda bo‘lgan muddat mobaynida ishonchli sug‘urta himoyasi ta’minlanadi. Bu Sug‘urtalanuvchi (sug‘urta shartnomasini tuzgan va to‘lovlarni amalga oshirib boradigan shaxs) bilan biron bir baxtsiz hodisa yuz bersa ham, sug‘urta kompaniyasi belgilangan muddatda tegishli mablag‘larni to‘lab beradi. Albatta, salbiy voqealar to‘g‘risida o‘ylamagan ma’qul, lekin hayotda har qanday hodisa – oddiy jarohatdan tortib o‘limgacha yuz berishi mumkin. Har bir ota-ona kutilmagan voqealar sodir bo‘lganda ham ularning farzandlari barcha zarur narsalar bilan ta’minlangan bo‘lishlarini istaydi. Nikoh uchun hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash polisi mavjud bo‘lsa, bunday kutilmagan voqea sodir bo‘lganda qancha mablag‘ jamg‘arganingiz ahamiyatga ega emas. Sug‘urta shartnomasi shartlariga ko‘ra sug‘urta kompaniyasi siz to‘plamoqchi bo‘lgan mablag‘ni farzandingiz nikoh qurishi paytida yoki belgilangan muddat tugagandan keyin to‘lab beradi.

 

Yuqorida aytib o‘tilganidek, shartnomada asosiy qoplama – nikohni qayd etilishidan tashqari farzandingizni baxtsiz hodisadan sug‘urtalash kabi qo‘shimcha shartlar kiritilishi mumkin. Agar bunday qo‘shimcha shart kiritilsa, jarohat olinganda to‘lov amalga oshiriladi va bu asosiy qoplamaga bog‘liq bo‘lmaydi va uning miqdoriga ta’sir etmaydi.

 

Asossiz fikr yuritmaslik uchun buni misol va raqamlarda ko‘rib chikaylik. Aytaylik, 38 yoshli erkak o‘zining 12 yoshli o‘g‘li va 8 yoshli qiziga nikoh uchun hayotni uzoq muddatli sug‘urtalash polisini xarid qilmoqchi. U mos ravishda 10 va 12 yilga har bir farzandi uchun sug‘urta puli 15 million so‘m (shartnoma muddati o‘tgandan keyin olinadigan pul) bo‘lgan shartnoma tuzadi. Sug‘urta mukofoti (to‘lab borilishi lozim bo‘lgan badallar) 10 008 000 i 9 136 800 so‘mni tashkil etib, sug‘urta kompaniyasiga har oyda 83 400 so‘m va 63 450 so‘m to‘lab boriladi. Bu mablag‘ jami unchalik ham katta bo‘lmagan 146 850 so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, bosh og‘riqsiz va harxashasiz o‘g‘lingiz 22 va qizingiz 20 yoshga to‘lganda oilangiz nikoh to‘yi uchun kerakli mablag‘ga ega bo‘ladi. Bunda odatdagi xarajatlarni qisqartirish, qarz olish yoki masalan, mashina yoki dala hovlini sotishga ehtiyoj qolmaydi. Muhimi – nikoh uchun hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash polisini olganda siz soliq imtiyozlaridan foydalanasiz, ya’ni bunday shartnomalarga ajratiladigan mablag‘lar daromad solig‘iga tortilmaydi. Bundan tashqari yig‘iladigan mablag‘lar sug‘urta kompaniyasining kafolati bilan hamda mamlakatimiz hukumati tomonidan ko‘rilayotgan choralar tufayli oxirgi yillarda inflatsiya darajasi o‘rtacha 7,3% dan oshmayotgan moliya tizimi bilan himoyalangan. Nikoh uchun hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash shartnomasini tuzib, siz shunday imkoniyatlarga ega bo‘lasiz. Moliyaviy naf olishdan tashqari polis bebaho sanaladigan ruhiy xotirjamlikni ham ta’minlaydi. Ammo eng muhimi – vaqt sezilmasdan o‘tib ketadi va ertaga sizning o‘g‘lingiz yoki qizingiz o‘z oilasini qurishga tayyor bo‘lganda bayramni – farzandlaringizning to‘yini oson va yuqori kayfiyat bilan tashkil qilishingiz mumkin bo‘ladi.

Sharq biznes xabarnomasi №27 (102) 2012 yil 25 iyul

image

Normativ-huquqiy bazasi

image

Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta

image

Hayot sug'urtasi


Ovoz bergan: 8