«O’zbekinvest Hayot» SK MCHJ 2016 yilda shaxsiy sug&...

30 Yanvar , 2017

Shaxsiy sug’urtalash bozori kengayib borayotgani sababli sug’urtachilar tomonidan amalga oshirilayotgan to’lovlar hajmi ham ko’payib bormoqda.

 

Hayot va salomatlikni sug’urtalash bo’yicha yetakchi kompaniyalardan biri bo’lgan   «O’zbekinvest Hayot» SK MCHJ  o’z faoliyatida mijozlar oldidagi majburiyatlarni o’z vaqtida va to’liq bajarishga katta ahamiyat qaratadi.

 

2016 yil yakuniga ko’ra, amalga oshirilgan sug’urta to’lovlarining miqdori 20,34 mlrd so’mdan oshdi, bu esa 2015 yilning shu davriga nisbatan 139,4% o’sish demakdir. Hisobot davrida 5,39 mingta ariza kelib tushgan bo’lsa, ularning 5,38 mingdan ziyodi hal etildi, qolganlari ko’rib chiqilmoqda.

 

Kompaniya tomonidan amalga oshirilgan to’lovlarning 91,2% dan ziyodi, uning ixtisosiga yarasha, ixtiyoriy sug’urta turlariga to’g’ri keldi. O’z navbatida hayotni ixtiyoriy sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha to’lovlar umumiy to’lovlar hajmining 90,1% ni tashkil etdi.

 

“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash to’g’risida”gi O’zR Qonuni ijrosi doirasida hisobot davrida amalga oshirilgan to’lovlar umumiy summaning 8,9% ni tashkil etdi.  Amalga oshirilgan to’lovlarning to’plangan sug’urta mukofotlari miqdoridagi ulushi esa hisobot davrida 56,5% ga teng bo’ldi.

Ta’kidlash kerakki, filiallar tarmog’ining faoliyati Kompaniyaning umumiy ko’rsatkichlarida ijobiy dinamika bilan o’sdi. Jumladan, hisobot davrida hududiy filiallar tomonidan amalga oshirilgan to’lovlar ulushi umumiy hajmning 55 foizidan ortib ketdi, to’lovlar summasining kelib tushgan sug’urta mukofotlariga mutanosibligi esa 75,1% ni tashkil etdi.