«O’zbekinvest Hayot» 5 ta tuman bo’limlarini o...

10 Fevral , 2017

«O’zbekinvest Hayot» SK faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri – ko’rsatilayotgan xizmatlarni potensial iste’molchilarga yanada qulay qilishdan iborat. Bu chora-tadbirlar agentlar tarmog’ini kengaytirish, hamda kompaniyaning hududiy bo’linmalari sonini ko’paytirish hisobiga amalga oshirilmoqda. 

 

2017 ylning 1 fevral holatiga, «O’zbekinvest Hayot» SK 5 ta tuman bo’limlarini ochdi. Ular Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani va Zarafshon shahrida, Namangan viloyatining Yangiqo’rg’on tumanida va Toshkent shahrining Mirobod tumanlarida ish boshladi.

 

Bundan tashqari, kompaniyaning Farg’ona viloyati filiali qoshida Qo’qon hududiy bo’linmasi ochilib, u Qo’qon shahri, Furqat, O’zbekiston, Beshariq, Bog’dod, Rishton va Oltiariq tumanlarining hududlarini qamrab oladi. Tuman bo’linmalarining vazifasidan biri – tegishli hududlarda yashovchi fuqarolarga hayot va salomatlikni sug’urtalash bo’yicha xizmat ko’rsatishdan iboratdir.

 

Bu ham iste’molchilarga, ham fuqarolarga qulaylik yaratib, ular ushbu bo’linmalarning sug’urta agentlari sifatida qo’shimcha daromad olishlari mumkin bo’ladi. Umuman olganda esa bu kompaniya ko’rsatayotgan xizmatlar sonining ortishigagina emas, balki aholining shaxsiy sug’urta afzalliklari to’g’risidagi xabardorligini  va moliyaviy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.