2017 yilning 1 choragida «O’zbekinvest Hayot» MCHJ S...

10 May , 2017

Hayot va salomatliknig sug’urtalashga ixtisoslashgan «O’zbekinvest Hayot» MCHJ SK o’zining sug’urta faoliyatini olib borish barobarida, faol tarzda investitsiya faoliyatini ham amalga oshirmoqda. Bu yo’nalishda bajarilgan ishlarning natijasida 2017 yilning 1 choragida investitsiyalarning hajmi 2016 yilning shu davriga nisbatan 162,7 foizga o’sdi.

 

O’tgan davrda kompaniyaning investitsiya portfeli tuzilmasi quyidagicha ko’rinish hosil qildi: depozit qo’yilmalari – 50,3 foiz, turli qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar – 40,6 foiz, investitsiyaning boshqa manbalari – 9,1 foiz. Hisobot davrida aktivlarning o’sishi 2016 yilning shu davriga nisbatan 161,5 foizni tashkil etdi.

 

Aktivlarning optimallashuviga yordam beruvchi investitsion faoliyatdan tashqari, Kompaniya, shuningdek, qabul qilingan majburiyatlarni muvozanatlash maqsadada qayta sug’urtalash operatsiyalarini ham amalga oshirmoqda. Puxta yo’lga qo’yilgan sug’urta, investitsion va qayta sug’urtalash faoliyati Kompaniyaga o’z mijozlari oldida  kelishuv shartlarini o’z vaqtida bajarishga imkoniyat bermoqda.