2016 yilning 9 oyi mobaynida «O’zbekinvest Hayot» SK...

28 Oktabr , 2016

2016 yilning 9 oyi davomida  shaxsiy sug’urtalash shartnomalari bo’yicha kelib tushgan sug’urta mukofotlarining miqdori 25,7 mlrd so’mdan oshib, 2015 yilning shu davriga nisbatan 164,6 foizga o’sdi.  Hisobot davrida xayot va salomatlikni sug’urtalash bo’yicha tuzilgan shartnomalar bo’yicha sug’urta majburiyatlari 1,02 barobarga o’sib, 1043,03 mlrd so’mdan ortdi.

Ixtisoslashuviga ko’ra, Kompaniya portfelida xayotni uzoq muddatga sug’urtalash bo’yicha yig’ilgan mukofotlarning ulushi, majburiy turlarni ichiga olgan holda  97,3% dan ziyodni tashkil etadi. Sug’urta mukofotlarining umumiy hajmida hayotni uzoq muddatga ixtiyoriy sug’urtalashning ulushi 76% dan ortiqdir.

Kompaniya filiallar tarmog’ining faoliyati potensial sug’urta qildiruvchilarga xizmatlardan foydalanish uchun teng sharoitlar yaratishning    asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Hisobot davrida sug’urta mukofotlarning umumiy hajmida hududiy filiallarning ulushi 72,7% ga teng bo’ldi, bu esa 2015 yilning shu davridagi ko’rsatkichlardan 15 % ko’pdir.

Yig’iladigan sug’urta mukofotlarining yillik o’sishi avvalgi davrlarga nisbatan 140% deb prognoz qilinishi ko’plab sug’urta qildiruvchilar bilan faol ishlashni talab qiladi. Xususan, Kompaniya faoliyatining ixtisoslashuvini hisobga olib, prognoz ko’rsatkichlarni bajarish chakana savdolar hisobiga ta’minlanadi. Bunga esa, o’z navbatida, aholi orasida keng tushuntirish ishlarini olib borish va sug’urtalashning optimal dasturlarini ishlab chiqish orqali erishiladi.