2016 yilning 1 yarmida «O’zbekinvest Hayot» sug̵...

28 Iyul , 2016

“O’zbekinvest Hayot” sug’urta kompaniyasining asosiy vazifalaridan biri aholiga hayot va salomatlikni sug’urtalash bo’yicha yuqori sifatli xizmat ko’rsatishdir. Ushbu maqsadga erishishda Kompaniya faoliyatidagi muhim yo’nalishlardan biri filial tarmog’i ishini rivojlantirish  hisoblanadi.

 

Joriy yilning 1 yarmida sug’urta mukofotlarining umumiy yig’indisida hududiy filiallarning ulushi 72 foiza yetdi. 2015 yilning shu davrida bu ko’rsatkich 63 foiz darajasida bo’lgan edi. Hisobot davrida mintaqalardagi sotuvlarga to’g’ri keladigan bitimlar bo’yicha sug’urta majburiyatlari qiymati  647,4 mlrd.so’mdan oshib, 2015 yilning shu davridan 21,5 foizga ko’p bo’ldi. Tuzilgan bitimlar soni bo’yicha filiallarning ulushi 91 foizni tashkil etdi va 2015 yilning shu davriga nisbatan o’sish  166,1 foizga teng bo’ldi.

 

Sug’urta turlari kesimida kelib tushgan sug’urta mukofotlarining asosiy ulushi hayot va salomatlikni sug’urtalashga to’g’ri keldi va majburiy turlarni qo’shib hisoblaganda  96,8 foizdan oshdi. O’tgan davrda hayotni sug’urtalashning ixtiyoriy turlari ulushi hududiy filiallarning umumiy yig’indisida  66,5 foizni tashkil etdi. Tushumning o’sishi 2015 yilning shu davri bilan solishtirganda umumiy turlar bo’yicha qariyb 257 foizni tashkil etdi, hayotni uzoq muddatli sug’urtalashning ixtiyoriy turlari bo’yicha esa 251 foizni tashkil etdi.

 

Hududiy filiallarni yanada rivojlantirish maqsadida Kompaniya tomonidan tuzilmalarning moddiy-texnrka bazasini mustahkamlash, xodimlarni o’qitish va agentlik tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha rejali tadbirlar amalga oshirilmoqda. Demak, hisobot davrida Kompaniya tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar, bitimlarni tuzish tartibi va sug’urta e’tirozlarini tartibga solish  to’g’risida ma’lumotlarning  mijozlar uchun ochiqligini oshirish maqsadida barcha filiallar tegishli ma’lumotlar bilan to’ldirilgan axborot stendlari bilan jihozlandi. Filiallarning xodimlari Sug’urta bozori professional ishtirokchilari  uyushmasi qo’llab-quvvatlashi ostida tashkil etiladigan seminarlar va davra suhbatlarida qatnashishmoqda. Shu bilan birga, barcha filiallarda sug’urta agentlarini, jumladan, Kompaniyaning markaziy ofisi mutaxassislari ishtirokida tayyorlash bo’yicha ishlar olib borilmoqda.