2016 yilda «O’zbekinvest Hayot» SK investitsiyalari ...

27 Fevral , 2017

Hayotni sug’urtalovchi kompaniyalar ishida to’g’ri  investitsiyaviy faoliyatning ahamiyatini e’tiborga olgan holda «O’zbekinvest Hayot» SK MCHJ investitsiya kiritilayotgan fondlar qo’yilmalarining samaradorligini doimiy ravishda tahlil qilib boradi.

2016 yilning yakuniga ko’ra, kompaniya investitsiyalarining hajmi o’tgan yilga nisbatan 142,5%ni tashkil etdi. Hisobot davrida kompaniyaning investitsiya portfeli tuzulmasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ldi: depozit qo’yilmalar –  55,7%,  turli qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar     – 39,8%,   investitsiyalarning boshqa manbaalari  – 4,1%.  Bunda qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarga taxminan teng ulushda to’g’ri keldi, investitsiyalarning boshqa manbaalarida esa 61% dan ziyodi tashkilotlarning ustav mablag’idagi ishtirokka to’g’ri keladi. Ta’kidlash kerakki, asosiy o’sish – 158,4% – kompaniya tomonidan qimmatli qog’ozlar sotib olish ko’paytirilgani, shuningdek, mavjud mablag’larni bank depozitlariga joylashtirish – 140,8% hisobiga ta’minlandi.

Asosiy va investitsion faoliyati natijalariga ko’ra «O’zbekinvest Hayot» SK MCHJ  aktivlarining o’sishi 49,37 mlrd.so’mdan ortib, 2016 yilning shu davriga nisbatan 145%dan ziyodni tashkil etdi.

Har yili sug’urta faoliyati kengayib borayotgani natijasida sug’urta mukofotlari tushumi ortib borayotganligini hisobga olib, 2017 yilda kompaniya maksimal darajada samarali investitsiyaviy faoliyat yuritish niyatida. Uning natijalari nafaqat moliyaviy ishonch darajasining ortishiga, balki o’z sug’urta qildiruvchilariga qo’shimcha xizmat turlari taqdim etish imkoniyatini ham kengaytiradi. 