«Oʻzbekinvest Hayot» SK MChJ investitsiyalarining hajmi 58 mlrd so‘mni...

28 Avgust , 2017

2017 yilning I yarimyilligi yakunlariga ko‘ra, kompaniya investitsiyalarining hajmi qariyb 58 mlrd so‘mni tashkil etib, 2016 yilning shu davriga nisbatan 157% lik darajadan oshdi.

 

Hayotni sug‘urtalash bozorining rivoji layf-kompaniyalar mahsulotlar chizig‘ida to‘planuvchi tarkib ko‘proq bo‘lishini ko‘zda tutadi.  «Oʻzbekinvest Hayot» SK MChJ kabi hayotni sug‘urta qiluvchilartomonidan amalga oshirilayotan investitsion faoliyat tufayli mijozlarga qo‘shimcha mablag‘ to‘lash imkoniyati paydo bo‘lmoqda. 

 

2017 yilning I yarimyilligi yakunlariga ko‘ra, kompaniya investitsiyalarining hajmi qariyb 58 mlrd so‘mni tashkil etib, 2016 yilning shu davriga nisbatan 157% lik darajadan oshdi.  Hisobot davrida Kompaniya investitsiyaviy portfelining tuzulmasi  quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi: tijorat banklaridagi depozitlar – 51,7%, qimmatli qog‘ozlar  – 38,3%, uchinchi shaxslar ustav kapitaliga yo‘naltirilgan mablag‘lar   – 8,5% va   investitsiyalarning boshqa manbaalari  – 1,4%.

 

Hisobot davrida  asosiy va investitsion faoliyat natijalariga ko‘ra, «Oʻzbekinvest Hayot» SK MChJ 63,8 mlrd so‘mdan ziyod aktivlarining o‘sishi 2016 yilning shu davriga nisbatan 155,9% ni tashkil etdi.

Kompaniyaning moliyaviy barqarorligi muhimligini hisobga olib, aktivlarga  investitsiya kiritayotganda investitsion portfel diversifikatsiyasidan tashqari birinchi o‘rinda investitsion faoliyatning asosiy prinsiplariga rioya qilinishini kafolatlovchi investitsiya manbaalarining ishonchligiga e’tibor beriladi.