«Oʻzbekinvest Hayot» MChJ SK litsenziyasi qayta rasmiylashtirildi

26 Fevral , 2021

«Oʻzbekinvest Hayot» masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi sugʼurta kompaniyasiga Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʼurta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq qayta rasmiylashtirilgan joriy yilning 1 fevralidagi SF – seriyali 00012 – sonli litsenziya berildi.

Litsenziya hayotni sugʼurta qilish tarmogʼida I-IV klasslar va umumiy sugʼurta tarmogʼida 1, 2 klasslar boʼyicha ixtiyoriy sugʼurtani amalga oshirish huquqini beradi.

Bugungi kunda kompaniya tomonidan jismoniy va korporativ mijozlarga 20 dan ziyod hayot va sogʼliqni sugʼurtalash mahsulotlari taklif etilmoqda. Ular qatorida jamgʼarib boriladigan tavakkalchilikka qaratilgan, shuningdek mijozlarga maqbul boʼlgan sugʼurta himoyasini olishga imkon beradigan aralash sugʼurta mahsulotlari mavjud.