Kompaniyasiga moliyaviy ishonchlilik (Uz) «АА+» (eng yuqori) reytingi ...

24 Mart , 2021

«STANDARD AND SENSETIVE RATINGS» reyting agentligi tomonidan «Oʻzbekinvest Hayot» sugʼurta kompaniyasining 2020 yil faoliyati natijalariga koʼra (Uz) «АА+» (eng yuqori) darajasida «Barqaror» prognozi bilan toʼlov qobiliyati va ishonchlilik reytingini taqdim etdi.

«Oʻzbekinvest Hayot» sugʼurta kompaniyasi faoliyati oʼrganilganda sugʼurta portfelini qayta sugʼurtalash tizimidan samarali foydanilayotganligi, barcha xududlarda boʼlinmalar va keng agentlik tarmogʼi mavjudligi hamda sugʼurta faoliyati koʼrsatkichlari muntazam ravishda mustahkamlab borilayotganligi, tegishli darajadagi ishonchlilik va moliyaviy barqarorlikni saqlab kelinayotganligi aniqlandi. Bundan tashqari, Kompaniya oʼz faoliyatida oqilona sugʼurta zaxiralarini shakillantirishda, olingan majburiyatlar boʼyicha sugʼurta toʼlovlarini oʼz vaqtida bajarishda va olinadigan foydaning oshirayotganligini taʼkidlash joiz.

«Oʻzbekinvest Hayot» sugʼurta kompaniyasi 18 yillik faoliyati davomida asosiy maqsadlari bu amalga oshirayotgan xizmatlarini sifatini yuqori darajada olib borish, mijozlarga maqbul sugʼurta mahsulotlarini yaratish orqali ijobiy imidjni shakllantirish shuningdek, xizmatlarni potentsional isteʼmolchilarga yaqinlashtirish va albatta, sugʼurta toʼlovlari boʼyicha oʼz majburiyatlarini toʼliq hamda imkon qadar tez bajarishdir. Soʼnggi yillarda respublikamizda aholimiz tomonidan hayotni sugʼurtalash tarmogʼiga talabi oshayotganligi munosibati bilan Kompaniyamiz tomonidan yangi sugʼurta mahsulotlarini ishlab chiqish hamda taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini saqlab qolishga qaratmoqda.