2017 yilning 1 choragida «Oʻzbekinvest Hayot» SK 6,2 mlrd....

10 May , 2017

Sug’urta to’lovlarini amalga oshirish – sug’urta tashkilotlari faoliyatining eng muhim bo’g’ini hisoblanadi. O’z majburiyatlarini vaqtida va sifatli bajarish mijozlarning hayot va salomatlik sug’urtasiga ixtisoslashgan sug’urtalovchilarga,  «Oʻzbekinvest Hayot» SK MCHJ ham ular sirasiga kiradi, bo’lgan ishonch darajasiga to’g’ridan-tug’ri ta’sir qiladi.

 

2017 yilning 1 choragi yakuniga ko’ra, amalga oshirilgan sug’urta qoplamalarining hajmi 6,2 mlrd so’mdan ortib, 2016 yilning shu davriga nisbatan 124 foizga o’sdi. Hisobot davrida kelib tushgan arizalarning soni 1,9 mingdan ziyod bo’lib, ulardan 1,88 mingtasi hal etildi, qolganlari esa ko’rib chiqilmoqda.

 

Kompaniyaning ixtisoslashuvini va mijozlar bazasini ko’paytirishni e’tiborga olgan holda, Kompaniya tomonidan amalga oshirilgan to’lovlarning 91% dan ziyodi ixtiyoriy turlarga to’g’ri keldi. O’z navbatida hayotni ihtiyoriy sug’urtalash shartnomalari bo’yicha to’langan qoplamalar ulushi to’lovlarning umumiy hajmining 90% dan ziyodiga to’g’ri keldi. O’zbekiston Respublikasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash to’g’risida”gi Qonunini ijrosi doirasida hisobot davrida amalga oshirilgan to’lovlar hami umumiy summaning qariyb 8,5% ni tashkil qildi. Amalga oshirilgan to’lovlarning To’plangan sug’urta mukofotlariga nisbatan ulushi 47,3%ni tashkil etdi, bu paytda hududiy filiallarning umumiy to’lovlar hajmidagi ulushi esa  40% ni tashkil etdi.