Ushbu bo’limda Siz uchun sug’urta hodisasi yuz
berganda nimalar qilish lozimligi haqidagi barcha kerakli axborotni to’pladik.
Sug‘urta pulini to‘lash uchun Sug‘urta qildiruvchi (Sug‘urtalangan shaxs, Naf oluvchi yoki uning vakili) yozma arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishi lozim:
1. SARS-CoV2 virus shtammi (COVID-19) bilan kasallanganiga gumon qilinganda karantinga joylashtirilgan taqdirda:
• Sug‘urta polisi nusxasi;
• vakolatli idoraning karantinda bo‘lish haqidagi ko‘rsatmasi to‘g‘risida hujjatning asli;
• PZR-usul bilan olib borilgan, SARS-CoV2 (COVID-19) virusi shtammlari aniqlanganligi/yo‘qligini tasdiqlaydigan tekshiruvning dastlabki va nazorat natijalari asli (dublikati);
• Sug‘urtalangan shaxs/Naf oluvchining yoki Sug‘urta to‘lovini olishga vakolat berilgan boshqa shaxsning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat.
2. Shartnomada ko‘rsatilgan shtammlar bilan kasallangan va kasalxonaga yotqizilmagan holda:
• Sug‘urta polisining nusxasi;
• shifokorning aniq klinik tashhis ko‘rsatilgan xulosasi asli;
• PZR-usulida bajarilgan, 3.1-bandda ko‘rsatilgan kasallik aniqlanganini tasdiqlaydigan tekshiruv natijalarining asli (dublikati);
• Sug‘urtalangan shaxs/Naf oluvchining yoki Sug‘urta to‘lovini olishga vakolat berilgan boshqa shaxsning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat.
3. Shartnomada ko‘rsatilgan shtammlar bilan kasallangan va kasalxonaga yotqizilgan taqdirda:
• Sug‘urta polisi nusxasi;
• Kasallik tarixidan aniq klinik tashhis (shu jumladan Shartnomada nazarda tutilgan kasalxonada bo‘lgan davrdagi asoratlar) ko‘rsatilgan ko‘chirma asli yoki uning tasdiqlangan nusxasi;
• PZR-usulida bajarilgan, Shartnomada ko‘rsatilgan kasallik aniqlanganini tasdiqlaydigan tekshiruv natijalarining asli dublikati);
• Sug‘urtalangan shaxs/Naf oluvchining yoki Sug‘urta to‘lovini olishga vakolat berilgan boshqa shaxsning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat.
4.Koronavirus ta’siridan o‘lim yuz berganda:
• Sug‘urta polisining asli (guruhli sug‘urtalashda – nusxasi);
• Kasallik tarixidan aniq klinik tashhis (shu jumladan PZR-usulda bajarilgan tekshiruv natijalari va/yoki Shartnomada nazarda tutilgan kasalxonada bo‘lgan davrdagi asoratlar) ko‘rsatilgan ko‘chirma asli yoki uning tasdiqlangan nusxasi;• o‘lim haqidagi guvohnomaning nusxasi;
• o‘lim haqidagi tibbiy guvohnomaning nusxasi;
• Sug‘urtalangan shaxs/Naf oluvchining yoki Sug‘urta to‘lovini olishga vakolat berilgan boshqa shaxsning shaxsini tasdiqlaydigan hujjat.
Sug‘urtalovchi Sug‘urta hodisasining yuz berganini aniqlash uchun boshqa zarur hujjatlarni ham talab qilishi mumkin.
Muhim! Shartnomada nazarda tutilgan koronavirus shtammi bilan kasallanish yuz berganda imkon qadar tezroq har qanday mumkin bo‘lgan usulda sug‘urta kompaniyasini kasallik yuz bergani haqida ogohlantirish, hamda yozma shaklda – kasallik tashhislangandan (kasalxonadan ko‘chirma olingandan) va/yoki karantindina bo‘lish haqida ko‘rsatma olgandan va/yoki koronavirusdan o‘lim yuz bergandan boshlab 30 (o‘ttiz) sutkadan kechiktirmasdan xabardor qilish lozim.
Agar Sug‘urtalangan shaxs voyaga yetgan fuqaro bo‘lsa, ariza uning nomidan, voyaga yetmagan shaxs bo‘lsa – ota-onasi yoki qonuniy vakillari (vasiylari) nomidan quyidagi manzil bo‘yicha beriladi:
«O‘zbekinvest Hayot» MChJ SK: O‘zbekiston, 100015, Toshkent sh, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi, 36-uy, yoki hududiy filiallariga.
Sug’urta pulini olish uchun Sug’urtalangan shaxs, (Naf oluvchi) quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma ariza taqdim etishi lozim:
a) Sug’urtalangan shaxs sug’urta muddati tugaganda hayot bo’lsa yoki Sug’urta shartnomasida belgilangan yoshga yetsa/hodisa yuz berganda:
b) Sug’urtalangan shaxs vafot etganda:
Sug’urta muddati tugaganda hayot bo’lganda yoki Sug’urta shartnomasida belgilangan yoshga yetganda, Sug’urtalangan shaxs shaxsan Kompani ga kelishi yoki Kompaniya vakiliga bunga guvohlik berish imkonini berishi lozim.
Zarurat bo’lsa, Kompaniya Sug’urta hodisasi yuz berganini aniqlash uchun kerakli boshqa hujjatlarni ham talab qilishi mumkin.
Bu muhim! Sug’urta pulini to’lab berishh haqidagi ariza sug’urta muddati tugagandan keyin, qaytariladigan pulni tơlab berish haqidagi ariza sug’urta shartnomasining amal qilishi to’xtagandan keyin berilishi kerak.
Sug’urta pulini olish uchun Sug’urta qildiruvchi/Naf oluvchi quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma ariza berishi kerak:
Zarurat bo’lsa, Kompaniya Sug’urta hodisasi yuz berganini aniqlash uchun kerakli boshqa hujjatlarni ham talab qilishi mumkin.
Agar Sug’urta hodisasi yuz berishiga sabab bo’lgan holatlar bo’yicha jinoiy ish ochilgan yoki sud jarayoni boshlangan bo’lsa, Sug’urtalovchi tomonidan Sug’urta pulini to’lash haqida qaror qabul qilinishi tergov yoki sud muhokamasi tugagunga qadar yoxud Sug’urta qildiruvchining aybsizligi isbotlangunga qadar kechiktirilishi mumkin.
Bu muhim! Sug’urta pulini to’lash haqidagi ariza sug’urta hodisasi yuz bergan yoki tasdiqlovchi hujjatlar olingan paytdan e’tiboran 30 (o’ttiz) kalendar kun ichida quyidagi manzilga taqdim etilishi lozim:
«O‘zbekinvest Hayot» MChJ SK: O’zbekiston, 100015, Toshkent sh., Oybek ko’chasi, 36-uy yoki hududiy filiallariga.
Baxtsiz hodisa munosabati bilan sug’urta pulini olish uchun arizaga tasdiqlovchi hujjatlarni qo’shgan holda to’lovni to’lab berish haqidagi yozma ariza ilova qilinishi kerak.
To’lovni to’lab berish haqidagi arizaga, uning xarakteriga qarab, quyidagi hujjatlar (asli yoki tasdiqlangan nusxalari) ilova qilinadi:
– sug’urta Polisi;
– baxtsiz hodisa yuz berganini tasdiqlaydigan, hodisa tafsilotlari va joyi haqidagi ma’lumotni o’z ichiga olgan hujjat (ma’lumotnoma, sud-tibbiyot ekspertiza xulosasi, TMK xulosasi, Sug’urtalangan shaxs tibbiy kartasidagi yozuvlar nusxalari, mehnatga layoqatsiz varaqasi, TMEK ma’lumotnomasi nusxasi mehnat qobiliyatining yo’qotilishi darajasini ko’rsatgan holda, H-1 shakldagi dalolatnoma (ishlab chiqarishda jarohat olinganda);
– ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, aslini ko’rsatgan holda;
– Sug’urtalangan shaxsning o’limi (agar sug’urta hodisasi o’lim bilan yakunlangan bo’lsa) haqida guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
– ariza beruvchi hisob raqamining bank rekvizitlari.
Biz shuningdek, Sug’urta hodisasi yuz berganini aniqlash uchun zarur boshqa hujjatlarni ham talab qilishimiz mumkin.
Agar Sug’urta hodisasi yuz berishiga sabab bo’lgan holatlar bo’yicha jinoiy ish ochilgan yoki sud jarayoni boshlangan bo’lsa, Sug’urtalovchi tomonidan Sug’urta pulini to’lash haqida qaror qabul qilinishi tergov yoki sud muhokamasi tugagunga qadar yoxud Sug’urtalangan shaxs yoki Naf oluvchining aybsizligi isbotlangunga qadar kechiktirilishi mumkin.
Bu muhim! Baxtsiz hodisa yuz berganda imkon boricha tezroq, barcha maqbul imkoniyatdan foydalanib sug’urta kompaniyasini bu haqida yozma shaklda, hodisa yuz bergandan e’tiboran 30 (o’ttiz) kundan kechirtirmay xabardor qilish lozim.
Agar Sug’urtalangan shaxs voyaga yetgan fuqaro bo’lsa, ariza uning nomidan, voyaga yetmagan bo’lsa – ota-onasi yoki qonuniy vakili (vasiylari)dan biri tomonidan beriladi. Sug’urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda ariza qonuniy merosxo’rlari tomonidan ularda bunday huquq borligini notarial tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda quyidagi manzilga taqdim etilishi lozim:
«O‘zbekinvest Hayot» MChJ SK: O’zbekiston, 100015, Toshkent sh., Oybek ko’chasi, 36-uy yoki hududiy filiallariga.
Baxtsiz hodisa munosabati bilan sug’urta pulini olish uchun arizaga tasdiqlovchi hujjatlarni qo’shgan holda to’lovni to’lab berish haqidagi yozma ariza ilova qilinishi kerak.
To’lovni to’lab berish haqidagi arizaga, uning xarakteriga qarab, quyidagi hujjatlar (asli yoki tasdiqlangan nusxalari) ilova qilinadi:
– sug’urta Polisi;
– baxtsiz hodisa yuz berganini tasdiqlaydigan, hodisa tafsilotlari va joyi haqidagi ma’lumotni ơz ichiga olgan hujjat (ma’lumotnoma, sud-tibbiy ekspertiza xulosasi, TMK xulosasi, Sug’urtalangan shaxs tibbiy kartasidagi yozuvlar nusxalari, mehnatga layoqatsiz varaqasi, TMEK ma’lumotnomasi nusxasi mehnat qobiliyatining yo’qotilishi darajasini ko’rsatgan holda, N-1 shakldagi dalolatnoma (ishlab chiqarishda jarohat olinganda) yoki hodisa haqidagi dalolatnoma (tashkilotchilar, shifokor va murabbiy (trener)dan iborat komissiya tomonidan tuziladi);
– ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, aslini ko’rsatgan holda;
– Sug’urtalangan shaxsning o’limi (agar sug’urta hodisasi o’lim bilan yakunlangan bo’lsa) haqida guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
– ariza beruvchi hisob raqamining bank rekvizitlari.
Zaruratga qarab, Kompaniya Sug’urta hodisasi yuz berganini aniqlash uchun kerakli boshqa hujjatlarni ham talab qilishi mumkin.
Agar Sug’urta hodisasi yuz berishiga sabab bo’lgan holatlar bo’yicha jinoiy ish ochilgan yoki sud jarayoni boshlangan bo’lsa, Sug’urtalovchi tomonidan Sug’urta pulini to’lash haqida qaror qabul qilinishi tergov yoki sud muhokamasi tugagunga qadar yoxud Sug’urtalangan shaxs yoki Naf oluvchining aybsizligi isbotlangunga qadar kechiktirilishi mumkin.
Bu muhim! Baxtsiz hodisa yuz berganda imkon boricha tezroq, barcha maqbul imkoniyatdan foydalanib sug’urta kompaniyasini bu haqida yozma shaklda, hodisa yuz bergandan e’tiboran 30 (o’ttiz) kundan kechirtirmay xabardor qilish lozim.
Agar Sug’urtalangan shaxs voyaga yetgan fuqaro bo’lsa, ariza uning nomidan, voyaga yetmagan bo’lsa – ota-onasi yoki qonuniy vakili (vasiylari)dan biri tomonidan beriladi. Sug’urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda ariza qonuniy merosxo’rlari tomonidan ularda bunday huquq borligini notarial tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda quyidagi manzilga taqdim etilishi lozim:
«O‘zbekinvest Hayot» MChJ SK: O’zbekiston, 100015, Toshkent sh., Oybek ko’chasi, 36-uy yoki hududiy filiallariga.
Tibbiy yordam olishga zarurat tug’ilganda Siz polisda (servis kartasida) ko’rsatilgan telefonlar orqali Assistans xizmati dispetcherlik markaziga murojaat qilishingiz hamda operatorga quyidagi ma’lumotni berishingiz kerak:
Bu muhim! Tibbiy xizmat faqat Assistans xizmatining yo’llanmasi bo’yicha va u bilan kelishilgan holda ko’rsatiladi.
Sug’urta pulini olish uchun Sug’urta qildiruvchi (Sug’urtalangan shaxs, Naf oluvchi yoki uning vakili) quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma ariza taqdim etishi lozim:
Zaruratga qarab, Kompaniya sug’urta hodisasi yuz berganini aniqlash uchun kerakli boshqa hujjatlarni ham talab qilishi mumkin.
Bu muhim! Yuqumli kasallikka chalinganda imkon boricha tezroq, barcha maqbul imkoniyatdan foydalanib sug’urta kompaniyasini bu haqida yozma shaklda, tashhis qơyilgan (kasalxonadan chiqilgan) paytdan boshlab 30 (o’ttiz) kundan kechirtirmay xabardor qilish lozim.
Agar Sug’urtalangan shaxs voyaga yetgan fuqaro bo’lsa, ariza uning nomidan, voyagay etmagan bo’lsa – ota-onasi yoki qonuniy vakili (vasiylari)dan biri tomonidan quyidagi manzilga taqdim etilishi lozim:
«O‘zbekinvest Hayot» MChJ SK: O’zbekiston, 100015, Toshkent sh., Oybek ko’chasi, 36-uy yoki hududiy filiallariga.
Tibbiy yordam olishga zarurat tug’ilganda Siz Assistans xizmatining xalqaro dispetcherlik markaziga
+7 (495) 212 21 43 (Moskva, Rossiya) telefon raqami orqali murojaat qilib, quyidagi ma’lumotni berishingiz kerak:
Assistans xizmatining dispetcherlik markazi bilan bog’lana olmasangiz, Siz sug’urta hodisasi bilan bog’liq xarajatlarni o’zingiz mustaqil to’lashingiz mumkin. Shundan so’ng xarajatlarni qoplash uchun yozma shaklda bizga bo’lib o’tgan hodisa haqida quyidagilarni taqdim etgan holda xabar berishingiz lozim:
Ambulator davolanish uchun xarajatlarni qoplash sifatida sug’urta to’lovlarini amalga oshirish uchun faqat to’langan schyotlar qabul qilinadi. To’lanmagan schyotlar taqdim etilganda yozma tushuntirishlar ham taqdim etilishi kerak. To’lanmagan schyotlar kompaniyaga ular olingandan keyin 15 (o’n besh) kalendar kuni ichida quyidagi elektron pochta orqali yuborilishi lozim:
Baxtsiz hodisa munosabati bilan sug’urta pulini olish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Shuningdek, yuz bergan baxtsiz hodisaning xarakteri va holatlariga qarab, sug’urta hodisasi yuz berganligini aniqlash uchun zarur boshqa hujjatlar ham so’ralishi mumkin.
Ariza va kerakli hujjatlar (rus, ingliz, fransuz, nemis tillaridan boshqa tilda tuzilgan hujjatlarning notarial tasdiqlangan tarjimasini ilova qilgan holda) sug’urta kompaniyasi yoki Assistans xizmatiga Siz O’zbekistonga qaytgandan kundan boshlab, yoxud Siz uzoq muddat O’zbekistondan tashqarisida bo’lsangiz hodisa yuz bergan paytdan 30 (o’ttiz) kalendar kuni ichida quyidagi manzilga taqdim etilishi lozim:
«O‘zbekinvest Hayot» MChJ SK: O’zbekiston, 100015, Toshkent sh., Oybek ko’chasi, 36-uy yoki hududiy filiallariga.
Tibbiy yordam olishga zarurat tug’ilganda Siz polisda (servis kartasida) ko’rsatilgan telefonlar orqali Assistans xizmati markaziga murojaat qilishingiz hamda operatorga quyidagi ma’lumotni berishingiz kerak:
Bu muhim! Tibbiy xizmat faqat Assistans xizmatining yo’llanmasi bo’yicha va u bilan kelishilgan holda ko’rsatiladi.
Qushimcha ma’lumot olish uchun «O’zbekinvest Hayot» MChJ SK
hududiy filiallariga yoki Markaziy ofisiga quyidagi telefon raqami orqali
murojaat etishingiz mumkin:
+998 71 207 47 74