Sug‘urta shartnomasining asosiy shartlari:
- Sugʻurta shartnomasi kredit shartnomasi boʻyicha yakka tartibda qarz oluvchi jismoniy shaxs bilan tuziladi.
- Sug‘urta muddati kredit shartnomasining amal qilish muddatiga mos ravishda amal qilinadi;
- Sug‘urtalangan shaxslarning yoshi 18 dan 60 gacha, sug‘urta muddati tugashi sanasida esa 65 yoshdan oshmasligi lozim;
- Sug‘urta puli miqdori kredit summasiga mos ravishda belgilanadi. Sug‘urtalangan shaxs kredit summasini qaytarib borishi bilan sug‘urta puli miqdori kamayib boradi va Sug‘urtalangan shaxsning kredit bo‘yicha asosiy qarzning toʻlanmagan miqdoriga teng bo‘ladi;
- Sug‘urta mukofoti to‘lovi bir vaqtning o‘zida to‘liq yoki har yili amalga oshirilishi mumkin.
- Sug‘urta puli baxtsiz xodisa natijasida Sug‘urtalangan shaxs vafot etsa yoki I guruh nogironi bo‘lsa (sug‘urta hodisasi yuz bersa) kredit muassasasiga to‘lanadi;
- Qarz muddatidan avval to‘lansa, Sug‘urtalovchi Sug‘urtalangan shaxsga sug‘urta mukofotining ishlab topilmagan qismini (ishlatilmagan davr uchun mukofotni) ishni olib borish uchun amalga oshirilgan xarajatlarni chegirib qolgan holda qaytarib beradi.