28 Avgust , 2018
Sug‘urtaning mazkur turi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday holatdan qat‘iy nazar Sizga farzandingiz o‘qish dargohiga kirayotganda moliyaviy mablag‘lar bilan ta‘minlash masalasini hal etish imkonini beradi. Sug‘urta muddati mobaynida ishonchli sug‘urta himoyasi bilan ta‘minlab, oila boquvchisidan (Sug‘urtalanuvchidan) ayrilganda ham farzand o‘qishga kirayotganda kelishilgan pullarni oladi va kerakli mablag‘lar bilan ta‘minlangan bo‘ladi.
Sug‘urta shartnomasining asosiy shartlari:
– farzand o‘qish dargohiga qabul qilinganda (OO‘Yu, kasb kolleji, akademik litsey, maktab);
– farzand Sug‘urta polisida ko‘rsatilgan yoshga to‘lganda (agar belgilangan muddatda o‘qishga kira olmasa).
Yuqorida ko‘rsatilgan hollarda sug‘urta puli miqdori barcha to‘langan badallar va kompaniyadan qo‘shimcha bonus yig‘indisiga teng.
Ota-onalar uchun qo‘shimcha himoya:
Sug‘urta muddati mobaynida ota yoki ona halok bo‘lib, kelishilgan badalni to‘lay olmasa ham Sug‘urta kompaniyasi ota-ona to‘lashi kerak bo‘lgan mablag‘ni (bonussiz ) to‘lab beradi.
Soliq imtiyozlari:
Ushbu yo‘nalishni rivojlantirish va aholining himoyalanganligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qo‘shimcha soliq imtiyozlari taqdim etilgan:
– jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar uzoq muddatga sug‘urtalash uchun sug‘urta mukofotlari to‘lashga yo‘naltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi (daromad solig‘iga tortilmaydi, O‘zR SK 378-moddasining 15-bandi).