Sportchilarni baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash

25 Avgust , 2018

Sport – unda yoki bunda jarohat olishni taqazo etadigan faoliyat turi. Sportchilarni baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash  mahsuloti professional sport bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning moddiy manfaatlari himoyasiga qaratilgan. Sportchilarni baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash  polisi musobaqalar yoki mashqlar (mashq o‘tkazish uchun yig‘inlar) o‘tkazilishi payitida sug‘urta himoyasini taqdim etilishini nazarda tutadi. Professional sport istisno qilingan baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash polisidan farqli o‘laroq mahsulot sportchilarni ihtisoslashuvini inobatga olgan holda ishonchli sug‘urta himoyasini ta‘minlaydi.

Mazkur polis sug‘urtalangan shaxs travmatik jarohatlar olishi, sog‘ligiga zarar etishi yoki vafot etishi holatlarida qoplama to‘lanishini o‘z ichiga oladi. Sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta kompaniyasi sug‘urta to‘lovini jarohatning og‘irlik darajasidan kelib chiqib, sug‘urta puliga nisbatan foizlarda to‘laydi. Tabiiyki, polisni sotib olishda sug‘urta puli qanchalik yuqori bo‘lsa, kichkina jarohatlarda to‘lanadigan to‘lovlar miqdori shunchalik ko‘proq bo‘ladi.
Polis bahosi tanlangan qaltisliklar yig‘indisiga va sug‘urta puliga, sug‘urtalangan shaxsning yoshi sotib olinayotgan qoplama turiga bog‘liq (sutkada 24 soat sug‘urtalash, ishlab chiqrishda sug‘urtalash, ma‘lum hududda sug‘urtalash).
Ushbu mahsulot alohida hamda ish beruvchi tomonidan taqdim etilayotgan ijtimmoiy imtiyozlar majmuasining bir qismi ko‘rinishida sotib olinishi mumkin.
Biz jismoniy shaxslar va korporativ mijozlarning individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan sug‘urta dasturlarini takif etishdan mamnunmiz.