Sayohatchilarni sug‘urtalash

25 Avgust , 2018

Ushbu sug‘urta mahsuloti tibbiiy hizmatlarni tashkil etish va o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lovlarni o‘zida mujassam etadi.

 

Chet elga chiqayotgan shahslarni sug‘urtalash bo’yicha sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda assistans hizmati kerakli tibbiiy hizmatni (ambulator, stasionar va stomatologik davolanish, dori-darmonlarni sotib olish) yoki qoplamaga kiritilgan boshqa hizmatlar ko‘rsatilishini tashkil qiladi (kasalhonaga olib borish, repatriasiya). Shuningdek, turli fors-major holatlari yuzaga kelishini hisobga olib (uzluksiz telefon markaziga qo‘ng‘iroq qila olmaslik, sug‘urtalangan shahs borgan joyida hamkor tibbiyot muassasasi yo’qligi va shunga o‘xshash), sug‘urtalangan shahsning harajatlari u O‘zbekistonga qaytib kelgandan keyin qoplanadi. Bundan tashqari bahtsiz hodisa sodir bo‘lganda sug‘urta kompaniyasi olingan jarohatlardan kelib chiqib, qo‘shimcha sug‘urta to‘lovini amalga oshiradi.

 

Sug‘urtaning har bir kun uchun o‘rtacha qiiymati $0,45 dan $3,9 gacha. Sug‘urta polisining qiiymati (sug‘urta mukofoti) esa tanlangan sugurta puli (dasturi), sayohat qilinayotgan mamlakat, sayohat davri, maqsadi, sug‘urtalangan shahslarning yoshi va soniga bog’liq. Sug‘urta mukofoti so‘mda (O‘zR MB polisni sotib olish kunidagi kursda) to‘lanadi, hizmatlar esa mijozlarga tanlangan sug‘urta puli chegarasida amalga oshiriladi.

 

Mazkur sug‘urta mahsuloti bo‘yicha kompaniyalar sug‘urtalangan shahslarga hizmat va ularga zarur bo‘lgan yordam ko‘rsatilishini tashkillashtiruvchi assistans-operatorlar – ihtisoslashgan servis kompaniyalari bilan hamkorlik qiladilar.

 

«O‘zbekinvest Hayot» hamkori – «AWP P&C S.A.» bo‘lib, jahonning istalgan nuqtasida yiliga 365 kun, sutkasiga 24 soat sug‘urtalanuvchilarga ko‘maklashuvchi mashhur va ko‘p yillik tarixga ega servis kompaniyasi.

 

Chet elga chiqayotgan shahslarni sug‘urtalash polisi bo‘lishi Sizni yahshi shifokorlarni izlash va davolash uchun talab etiladigan mablag‘larni (odatda, kichkina bo‘lmagan) topish kabi muammolardan holi etadi. O‘zbekistondan tashqariga chiqar ekansiz, eng muhimi – ruhiiy sog‘lig‘ingiz va hotirjamligingiz haqida o‘ylang, bu esa sayohatchilar sug‘urta polisini olish bilan oson va yengil hal bo‘ladi.

 

Biz hususiy va korporativ mizhozlar uchun mahsus saralangan sug‘urta dasturlarini taklif etishdan mamnunmiz.