Sarmoya

21 Yanvar , 2019

«Sarmoya» sug’urta mahsuloti – bu uzoq muddatga sug’urta himoyasini ta’minlashga qaratilgan unifikatsiyalangan dastur. «Sarmoya» sug’urta mahsulotining asosiy mohiyati pul jamg’arish va moliyaviy barqaror kelajakni imkoniyatini bergan holda ishonchli sug’urta himoyasini ta’minlashdan iborat.

 

Sug’urta shartnomasining asosiy shartlari:

 

  1. Sug’urta davri – 13 oydan 20 yilgacha;
  2. Sug’urta puli miqdori sug’urta qildiruvchi (mijoz) tomonidan belgilanadi, shundan so’ng Sug’urta kompaniyasi sug’urta mukofotini hisoblab chiqadi;
  3. Sug’urta mukofotining miqdori sug’urta puliga, sug’urtalangan shaxsning yoshiga, sug’urta davriga va badallarni to’lash tartibiga bog’liq;
  4. Badallarni har qanday qulay usulda to’lash mumkin: bir vaqtning o’zida, har yilda, har yarim yilda, har chorakda yoki har oyda to’lash mumkin.
  5. Sug’urta pulini to’lash Sug’urtalangan shaxsga (Naf oluvchiga):
  • sug’urtalangan shaxs sug’urta muddati kunida hayot bo’lsa (bu holda sug’urta puli miqdori barcha to’langan badallar va Sug’ura kompaniyasidan berilgan qo’shimcha bonus yig’indisiga teng).
  • O’lim yuz berganda sug’urta pulining miqdori Sug’urtalangan shaxs tomonidan to’langan badallar yig’indisiga teng bo’ladi.
  1. Sug’urtalangan shaxslarning yoshi – 18 dan 60 yoshgacha, sug’urta amal qilishi muddati kuniga kelganda eng katta yosh — 65 yosh.

 

Korporativ mijozlar uchun ushbu sug’urtalash dasturi xodimlar uchun mehnat unumdorligini va kasbiy mahoratni oshirishga, xizmatda ko’tarilishga undaydigan qo’shimcha motivatsiyalashning samarali mexanizmi, shuningdek xisobot davri yakunlari bo’yicha moddiy rag’batlantirish  usuli bo’lib xizmat qilishi mumkin.

 

Mazkur mahsulotning o’ziga xos xususiyati sug’urta pulini oshirish mumkinligidir. Sug’urta shartnomasi amalda bo’lgan davrda Sug’urta qildiruvchi Sug’urtalovchi bilan kelishilgan holda faqat quyiladi hollarda Sug’urta puli umumiy miqdorini oshirishga haqli:

 

  • agar Sug’urta davri tugagunga qadar o’n uch oydan kam bo’lmagan vaqt qolgan bo’lsa;
  • agar Sug’urta davri tugagunga qadar olti oydan kam bo’lmagan vaqt qolgan bo’lsa, bunda umumiy Sug’urta summasi oshirilgandan keyin uning miqdori avval o’rnatilgan Sug’urta summasining bir yuz ellik foizidan oshmasligi lozim, bu holda ilgari belgilangan bonus oshmaydi.

 

Soliq imtiyozlari:

 

Ushbu yonalishni rivojlantirish va aholining himoyalanganligini oshirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qoshimcha soliq imtiyozlari taqdim etilgan:

 

– yuridik shxslarning foydasidan olinadigan soliqlar boyicha imtiyozlar: yuridik shaxslar tomonidan hayotni uzoq muddatga sugurtalash ushun to’lanadigan sugurta mukofotlari boshqa xarajatlar sirasiga kiradi (OzR SK 145-moddasining 33-bandi);

– yuridik shaxslar hayotini uzoq muddatga sugurtalash xarajatlari jismoniy shaxslarning daromadlari sirasiga kirmaydi (OzR SK 172 va 307 moddalari);

– jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar boyicha imtiyozlar uzoq muddat ga sugurtalash uchun sugurta mukofotlari tolashga yonaltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi (daromad soligiga tortilmaydi, OzR SK 179-moddasining 28-bandi).