Nikoh

28 Avgust , 2018

Sugurtaning mazkur turi Sizga qanday kutilmagan hodisa yuz berishidan qatiy nazar farzandingiz (yoki ozingiz) nikoh qurishi paytida moliyaviy mablag‘lar bilan taminlash masalasini hal etish imkonini beradi. Sugurta muddati mobaynida ishonchli sugurta himoyasi bilan taminlab, oila boquvchisidan (Sugurtalanuvchidan) ayrilganda ham farzand nikoh qurayotganda kelishilgan pullarni oladi va kerakli mablaglar bilan taminlangan boladi.

 

Sugurta shartnomasining asosiy shartlari:

 

1. Sugurta muddati – 13 oydan 20 yilgacha;

 

2. Sugurta puli miqdori Sugurtalanuvchi (mijoz) tomonidan tanlangandan keyin Sugurta kompaniyasi sugurta mukofotini hisoblab beradi. Sugurta mukofotining miqdori Sugurtalangan shaxsning yoshi, sugurta muddati va sugurta badallarini tolash tartibiga bogliq.

 

3.Badallar tolovi quyidagi uslublarning birida: bir vaqtning ozida toliq, yillik, yarim yilda bir marotaba, har chorakda yoki har oyda amalga oshirilishi mumkin;

 

4. Sug’urta puli quyidagi hollarda (sug’urta hodisasi) to’lanadi:

 

–  farzand nikoh qurganda;

 

– farzand sugurta polisida korsatilgan yoshga tolganda (agar belgilangan muddatda nikoh qurmasa).

 

Yuqorida korsatilgan hollarda sugurta puli miqdori barcha tolangan badallar va Kompaniyaning qo’shimcha bonusi yigindisiga teng.

 

Qoshimcha himoya:

 

– sugurta muddati mobaynida ota-ona halok bolsa I guruh nogironi bolsa va badallarni tolay olmasa ham Sugurta kompaniyasi ota-ona tomonidan tolanishi kerak bolgan mablagni (bonussiz) tolab beradi;

 

– mijoz istagiga kora sugurta shartlarida ota-onani va farzandni baxtsiz hodisalardan sugurtalash sharti kiritilishi mumkin.

 

5. Ota-onaning yoshi – 18 dan 60 gacha, shartnoma muddati tugashi sanasida 65 yoshdan katta bolmasligi kerak.

 

Soliq imtiyozlari:

 

Ushbu yonalishni rivojlantirish va aholining himoyalanganligini oshirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qoshimcha soliq imtiyozlari taqdim etilgan:

 

– jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar uzoq muddat ga sug‘urtalash uchun sug‘urta mukofotlari to‘lashga yo‘naltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi (daromad solig‘iga tortilmaydi, O‘zR SK 378-moddasining 15-bandi).