Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urtalash

25 Avgust , 2018

O`z fuqorolariga farovon hayotni yaratish davlatning asosiy vazifasidir. Aynan mana shu maqsadlarda boshqa choralar bilan bir qatorda «Ish beruvchining fuqorolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish to`g`risida» qonun qabul qilingan. Ammo majburiy sug`urta ma`lum chegaragacha bo`lgan sug`urta ximoyasini nazarda tutadi.Ish beruvchi o`z xodimlarning himoyasi darajasini oshirmoqchi bo`lsa nima qilishi lozim? Baxtsiz hodisalardan sug`urtalashning standart dasturlarida, odatda, ishlab chiqarishda olingan jaroxatlar istisno qilingan. Aynan mana shunday hollar uchun biz ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalardan sug`urtalash mahsulotini taklif etamiz.

 

Majburiy sug`urta turlaridan farqli o`laroq ixtiyoriy tavsifdagi mahsuslotlarda mijozni qiziqtiruvchi qaltisliklarni qoplanishini va ularni miqdorlarini inobatga olish mumkin. Zero jarohat olish – bu sog`liqqa zarar etishi bo`lib, shifokorga tashrif buyurish dori – darmonlar olish uchun xarajat qilish shunindek ba`zida uzoq vaqt ishga bormaslikka to`g`ri keladi Baxtsiz xodisalardan sug`urtalash polisi bunday vaziyatlardan sezilarli moliyaviy ko`mak bo`ladi. Mazkur polis bo`yicha sug`urtalangan shaxs xizmat vazifalarini bajarayotganda jarohatlanganda (yoki Sug`urtalangan shaxsning sog`lig`i boshqacha yomonlashganda shu jumladan, agar shartnomada nazarda tutilgan bo`lsa, moddiy daromadning vaqtinchalik kamayishi), sog`lig`ining turg`un jarohatlanishida (nogironlik) yoki vafot etganda qoplama to`lanadi. Sug`urta hodisasi sodir bo`lganda sug`urta kampaniyasi sug`urta to`lovchi jaroxat darajasiga qarab sug`urta pulining foizlari miqdorida amalga oshiradi. Tabiiyki sug`urta polisini sotib olayotganda sug`urta puli qanchalik yuqori belgilansa kichkina jaroxatdagi to`lovlar miqdori xam shunchalik ko`p bo`ladi.

 

Polis bohosi qoplangan qaltisliklar majmuasi va shartlariga (faoliyat turi hududi (qoplama joyi) va boshqalar), sug`urta puliga, sug`urtalangan shaxsning yoshi, soniga qoplama turiga bog`liq. Bu mahsulotni xususiy tartibda xamda ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan ijtimoiy yordamni bir qismi sifatida sotib olish mumkun.

 

Biz sizga jismoniy shaxslar va korparativ mijozlar uchun maxsus ishlab chiqarilgan sug`urta dasturini taklif etishdan mamnunmiz.