Hayot sug‘urtasi

25 Avgust , 2018

Hayotni sugurtalash – oila oz boquvchisini yoqotganligini munosabati bilan duch kelishi mumkin bolgan moliyaviy qiyinchiliklardan yaqinlarimizni himoyalash imkonini beruvchi dasturdir. Sugurtalangan shaxs vafot etgan taqdirda Sugurta kompaniyasi Naf oluvchilarga (merosxorlarga) bunday ogir va kutilmagan holatlarda odatdagidan kora koproq zarur boladigan sugurta pulini tolab beradi.

 

Korporativ mijozlar uchun ularning xodimlari foydasiga moljallangan mazkur dastur xodimlarni va ularning oilalarini ijtimoiy himoyasini taminlashning samarali mehanizmi bolib, xodimlarning oz ishlariga bolgan ishtiyoqlarini oshiradi va qoshimcha ragbat bo‘lib xizmat qiladi.

 

Sugurta shartnomasining asosiy shartlari:

 

1. Sugurta muddati 2 dan 20 yilgacha;

 

2. Sugurta puli miqdori Sugurtalanuvchi (mijoz) tomonidan tanlangandan keyin Sugurta kompaniyasi sugurta mukofotini hisoblab beradi. Sugurta mukofotining miqdori Sugurtalangan shaxsning yoshi, sugurta muddati va sugurta badallarini tolash tartibiga bogliq;

 

3. Badallar tolovi quyidagi uslublarning birida: bir vaqtning ozida toliq, yillik, yarim yilda bir marotaba, har chorakda yoki har oyda amalga oshirilishi mumkin;

 

4. Sugurta pulining tolovi sugurtalangan shaxs vafot etsa (sugurta hodisasi), Sugurtalangan shaxs tomonidan tayinlangan Naf oluvchi yoki Sugurtalangan shaxsning merosxorlariga tolanadi;

 

5. Sugurtalangan shaxsning yoshi – 18 dan 60 gacha, shartnoma muddati tugashi sanasida 65 yoshdan katta bolmasligi kerak.

 

Soliq imtiyozlari:

 

Ushbu yonalishni rivojlantirish va aholining himoyalanganligini oshirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qoshimcha soliq imtiyozlari taqdim etilgan:

 

– jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar boyicha imtiyozlar uzoq muddatga sugurtalash uchun sugurta mukofotlari tolashga yonaltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi (daromad soligiga tortilmaydi, OzR SK 378-moddasining 15-bandi).