Farovon

22 Yanvar , 2019

«Farovon» sug’urta mahsuloti – bu uzoq muddatga sug’urta himoyasini ta’minlashga qaratilgan unifikatsiyalangan dastur. «Farovon» sug’urta mahsulotining asosiy mohiyati pul jamg’arish va moliyaviy barqaror kelajak imkoniyatini beruvchi ishonchli sug’urta himoyasini ta’minlashdan iborat.

 

Sug’urta shartnomasining asosiy shartlari:

 

  1. Sug’urta davri – 370 kun;
  2. Sug’urta puli miqdori sug’urtalangan shaxs (mijoz) tomonidan belgilanadi, shundan so’ng Sug’urta kompaniyasi sug’urta mukofotini hisoblab chiqadi;
  3. Sug’urta mukofotining miqdori sug’urta puliga, sug’urtalangan shaxsning yoshiga, sug’urta davriga va badallarni to’lash tartibiga bog’liq;
  4. Su’urta pulini to’lash Su’urtalangan shaxsga (Naf oluvchiga):

– su’urtalangan shaxs sug’urta muddati  kunida hayot bo’lsa (bu holda sug’urta puli miqdori barcha to’langan badallar yi’indisiga va Sug’ura kompaniyasidan berilgan qo’shimcha bonusga teng);

– sug’urtalangan shaxs sug’urta davrida, qoidalarda qayd etilgan holatlar hodisalardan boshqa barcha holatlarda vafot etganda to’lanadi.

  1. Sug’urtalangan shaxslarning yoshi – 18 dan 60 yoshgacha, sug’urta amal qilishi muddati oxirida 65 yoshdan oshmasligi lozim.

 

Korporativ mijozlar uchun ushbu su’urtalash dasturi xodimlar uchun mehnat unumdorligini va kasbiy mahoratni oshirishga, xizmatda ko’tarilishga undaydigan qo’shimcha motivatsiyalashning samarali mexanizmi, shuningdek hisobot davri yakunlari bo’yicha moddiy rag’batlantirish  usuli bo’lib xizmat qilishi mumkin.

 

Soliq imtiyozlari:

 

Ushbu yonalishni rivojlantirish va aholining himoyalanganligini oshirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qoshimcha soliq imtiyozlari taqdim etilgan:

 

– yuridik shxslarning foydasidan olinadigan soliqlar boyicha imtiyozlar: yuridik shaxslar tomonidan hayotni uzoq muddatga sugurtalash ushun to’lanadigan sugurta mukofotlari boshqa xarajatlar sirasiga kiradi (OzR SK 145-moddasining 33-bandi);

– yuridik shaxslar hayotini uzoq muddatga sugurtalash xarajatlari jismoniy shaxslarning daromadlari sirasiga kirmaydi (OzR SK 172 va 307 moddalari);

– jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar boyicha imtiyozlar uzoq muddat ga sugurtalash uchun sugurta mukofotlari tolashga yonaltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi (daromad soligiga tortilmaydi, OzR SK 179-moddasining 28-bandi).