Bonus to‘lovli hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash – uzoq muddatga sug‘urta himoyasini ta‘minlashga qaratilgan unifikatsiya qilingan dasturdir. Bonus to‘lovli hayot sug‘urtasining asosiy mohiyati hayotni sug‘urtalash bilan birga mablag‘larni jamg‘arish imkoniyatini yaratishdan va moliyaviy barqaror kelajakni ta‘minlashdan iborat.
Sug‘urta shartnomasining asosiy shartlari:
- Sug‘urta muddati – 13 oydan 20 yilgacha;
- Sug‘urta puli miqdori sug‘urtalanuvchi (mijoz) tomonidan tanlangandan keyin Sug‘urta kompaniyasi sug‘urta mukofotini hisoblab beradi. Sug‘urta mukofotining miqdori Sug‘urtalangan shaxsning yoshi, sug‘urta muddati va sug’urta badallarini to‘lash tartibiga bog’liq;
- Badallar to‘lovi quyidagi uslublarning birida: bir vaqtning o‘zida to‘liq, yillik, yarim yilda bir marotaba, har chorakda yoki har oyda amalgam oshirilishi mumkin;
- Sug‘urta puli quyidagi hollarda (sug‘urta hodisasi) to‘lanadi:
- Sug‘urtalangan shaxs shartnoma muddati tugaguncha yashaganda (bunda sug‘urta puli to‘langan barcha badallar va kompaniyaning qo‘shimcha bonusi yig‘indisiga teng;
- Sug‘urtalangan shaxs vafot etganda (bunda sug‘urta puli o‘lim qachon yuz berganligi va qancha badallar to‘langanligidan qat‘iy nazar sug‘urtalangan shaxs butun muddati uchun to‘lashi kerak bo‘lgan barcha badallar va Kompaniyaning qo‘shimcha bonusi yig‘indisiga teng.
- Sug‘urtalangan shaxsning yoshi – 18 dan 60 gacha, shartnoma muddati tugashi sanasida 65 yoshdan katta bo‘lmasligi kerak.
Soliq imtiyozlari:
Ushbu yo‘nalishni rivojlantirish va aholining himoyalanganligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qo‘shimcha soliq imtiyozlari taqdim etilgan:
- jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar uzoq muddatga sug‘urtalash uchun sug‘urta mukofotlari to‘lashga yo‘naltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi (daromad solig‘iga tortilmaydi, O‘zR SK 378-moddasining 15-bandi).