25 Avgust , 2018
Bizning voqealarga kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga boy hayotimizda har qanday hodisa yuz berishi mumkin. Aynan mana shunday kutilmagan vaziyatlar uchun biz baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash polisini taklif etamiz.
Xatto kichkina jarohat ham shifokorga tashrif buyurish, dorilar sotib olish zaruriyatini keltirib chiqarishi mumkin, gohida esa jarohat jiddiy bo‘lsa, uzoq muddat davolanishga tog‘ri keladi. Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash polisi bunday holatlarda sezilarli ko‘mak bo‘ladi. Mazkur polis bo‘yicha Sug‘urtalangan shaxs travmatik jarohatlar olishi (sog‘lig‘ining boshqacha yomonlashishi, shu jumladan sug‘urta shatnomasida nazarda tutilgan hollarda moddiy daromadini vaqtinchalik kamayishi) , sog‘lig‘ini turg‘un yo‘qotilishi (nogironlik) yoki vafot etishi qoplanadi.
Sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta kompaniyasi sug‘urta to‘lovini jarohatning og‘irlik darajasidan kelib chiqib, sug‘urta puliga nisbatan foizlarda to‘laydi. Tabiiyki , polisni sotib olishda sug‘urta puli qanchalik yuqori bo‘lsa, kichkina jarohatlarda to‘lanadigan to‘lovlar miqdori shunchalik ko‘proq bo‘ladi.
Polis bahosi tanlangan qaltisliklar yig‘indisiga va sug‘urta puliga, sug‘urtalangan shaxsning yoshi sotib olinayotgan qoplama turiga bog‘liq (sutkada 24 soat sug‘urtalash, ishlab chiqrishda sug‘urtalash, ma‘lum hududda sug‘urtalash).
Ushbu mahsulot alohida hamda ish beruvchi tomonidan taqdim etilayotgan ijtimmoiy imtiyozlar majmuasining bir qismi ko‘rinishida sotib olinishi mumkin.
Biz jismoniy shaxslar va korporativ mijozlarning individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan sug‘urta dasturlarini takif etishdan mamnunmiz.