1. Sug‘urta himoyasi nima beradi?
Sug‘urta polisini olayotganda siz kutilmagan hodisalar sodir bo‘lishi holatlaridan moliyaviy himoyalanishning qo‘shimcha kafolatlarini yaratasiz. Masalan, baxtsiz hodisalardan sug‘urtalangan bo‘lsangiz, tan jarohati yetsa, sug‘urta kompaniyasi kerakli dori-darmonlarni xarid qilish, tiklanish uchun sarflanishi yoki vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan paytda as qotishi mumkin bo‘lgan ma‘lum pul mablag‘ini to‘lab beradi. Tibbiy sug‘urta polisi qo‘shimcha sarf-harajatsiz ba‘zida hammaning ham qurbi yetmaydigan sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoninni beradi. Jamg‘arma sug‘urta oila byudjetiga og‘irlikni tushurmay, nikoh, bola tug‘ilishi, o‘qish yoki mebel harid qilish, ta‘mirlash va b. kabi hayotdagi muhim voqealar uchun kerakli mablag‘larni yig‘ish imkonini beradi.
Polis qiymati va undan tegadigan naf nisbatini o‘lchab bo‘lmaydi, zero bugun ozgina mablag‘ to‘lab, ertaga siz va sizning yaqinlaringiz sug‘urta to‘lovlari shaklidagi sezilarli yordam olishingiz mumkin.
2. Sug‘urta polisini qanday olish mumkin?
Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishning asosiy shartlari:
1. Jismoniy shaxslar bilan sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi Sug‘urta qildiruvchiga sug‘urta polisini berish orqali tuzilishi mumkin.Bunda sug‘urta qildiruvchining shartnoma tuzishga roziligi sug‘urta polisini qabul qilib olish va sug‘urta mukofotini (birinchi badalini) to‘lash bilan tasdiqlanadi. Sug‘urta kompaniyasi sug‘urta polisini berish bilan shartnoma tuzganda Sug‘urta qildiruvchiga Sug‘urta qoidalarini berishi lozim.
2. Yuridik shaxslar bilan sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish shartnimasi sug‘urta shartlarini belgilab beruvchi hujjatni imzolash va muhirlar tasdiqlash orqali tuziladi. Bunda shartnoma yuridik shaxsning xodimlariga nisbatan tuzilishi mumkin. Sug‘urta polislari har bir Sug‘urtalangan shaxsga berilishi yoki sug‘urtaning asosiy shartlarini aks ettiruvchi bitta sug‘urta polisi berilishi mumkin.
3. Polis(lar) sug‘urta mukofoti yoki uning birinchi badali to‘langandan keyin beriladi.
Sug‘urta polisi (shartnomasi) «O‘zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasining markaziy ofisida , Kompaniya filiallari ofislarida xarid qilinishi mumkin. Sug‘urta polislarini sug‘urta agentlaridan xarid qilganda Siz agentning kompaniyamiz sug‘urta mahsulotlarini sotish huquqini tasdiqlovchi guvohnomasi mavjudligini tekshirishingiz zarur.
Sug‘urta polisini (shartnomasi) xarid qilish uchun Siz belgilangan shakilda ariza-so‘rovnomani to‘ldirishingiz va kompaniya vakilariga Sug‘urta qildiruvchi, Sug‘urtalangan shaxs va naf oluvchining pasportlarining nusxalari bilan birga berishingiz kerak.
3. Sug‘urta voqeasi yuz berganda nima qilish kerak?
Sug‘urta voqeasi yuz berganda, dastlab qisqa vaqt ichida Sug‘urta kompaniyasiga u sodir bo‘lganligini xabar qilish zarur. Buning uchun qo‘ngiroq qilib, keyinroq hodisa sabablari va tavsilotlari ko‘rsatilgan yozma arizani yuborish kerak. Bunda siz sug‘urta kompaniyasiga xabar berishingiz kerak bo‘lgan, sug‘urta shartnomasi shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarga e‘tibor berishingiz lozim.