Kompaniya haqida

«O‘zbekinvest Hayot» mas’ulyati cheklanga jamiyat shaklidagi sug‘urta kompaniyasi 2003 yilda Uzbekinvest eksport-import milliy sug‘urta konpaniyasining sho‘ba korxonasi shaklida tashkil etilgan. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003 yil 22 dekabrda 9-raqam ostida ro‘yxatga olingan va tashkil etilgandan so‘ng  2004 yil 13 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Hayotni sug‘urta qilish sohasida (I-IV klasslar) va umumiy sug‘urta sohasida (1-2 klasslar) ihtiyoriy sug‘urtalashni amalga oshirish huquqini beruvchi SF 00030‑sonli litsenziya berilgan.

«O‘zbekinvest Hayot» mas’ulyati cheklanga jamiyat shaklidagi sug‘urta kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar xorijiy shaxslar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Hayot va sog‘lig‘ini sug‘urta qilish xizmatlarini taqdim etish maqsadida tashkil etilgan.

«O‘zbekinvest Hayot» MCHJ sug‘urta kompaniyasining asosiy vazifalari quyidagilar:

– hayotni sug‘urta qilish sohasida I-IV klasslar bo‘yicha ihtiyoriy va majburiy sug‘urtani, hamda umumiy sug‘urta sohasining 1-2 klasslari bo‘yicha sug‘urta xizmatlarini taqdim etish;

– tegishli sug‘urta mahsulotlarini taqdim etish orqali O‘zbekiston Respublikasi aholisining keng qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish omillarini rivojlantirish;

– hayot va sog‘liqni sug‘urtalashning xalqaro andozalarini amaliyotga tadbiq etish;

– xalqaro, xorijiy, milliy, sho‘ba va xorijiy, davlat va xususiy sug‘urta tashkilotkari bilan hamkorlikni rivojlantirish;

– sug‘urta xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etish.

Tashkil etilganda 500 mln. so‘m miqdorida shakillantirilgan ustav jamg‘armasi 2007 yilda 1 300,0 ming AQSh dollari ekvivalentiga etkazildi.

Kompaniya 2009 yil 29 sentyabrda hayotni sug‘urta qilish sohasida (I-IV klasslar) va umumiy sug‘urta sohasida (1-2 klasslar) ihtiyoriy va majburiy sug‘urtalashni amalgam oshirish huquqini beruvchi SF 00127-sonli litsenziyani oldi.

2009 yilning noyabr oyida ta‘sischilar tarkibi «Kafolat»  Davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi kirishi bilan kengaytirilgandan keyin Kompaniya 1 500,0 ming yevro ekvivalentigacha oshirilgan ustav jamg‘armasi bilan Xojalik jamiyati shaklidagi «O‘zbekinvest Hayot» sho‘ba sug‘urta kompaniyasi deb nomlandi (ulushlar «Uzbekinvest» EIMSK da 82,95% va «Kafolat» DASK da 17,05%  miqdorida taqsimlandi). Shu munosabat bilan hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urtaning ihtiyoriy va majburiy turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi SF 00131-sonli  yangilangan litsenziya olindi.

Kompaniya 2016 yil 22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan SF 00217‑sonli litsenziya (davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida 9-sonli guvohnoma 10.08.2016y.) asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatini amalga oshiradi:

– hayotni sug‘urta qilish sohasida ixtiyoriy va majburiy sug‘urtalash bo’yicha quyidagi klasslar asosida:

I klass – Hayot va annuitetlar

II klass – Nikoh va tug‘ilish

III klass – Hayotni uzoq muddatga sug‘urta qilish

IV klass – Sog‘liqni sug‘urta qilish

–  umumiy sug‘urta sohasida ihtiyoriy va majburiy sug‘urtalash bo’yicha quyidagi klasslar aosida:

1 klass – Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug‘urta qilish

2 klass – Kasallik holatlaridan ehtiyot shart sug‘urta qilish

2010 yilning II yarim yilligida ta‘sischilarning qaroriga binoan ustav jamg‘armasi 2 000,0 ming yevrogacha oshirildi («Uzbekinvest» EIMSK ulushini – 80% va «Kafolat» ulushini – 20% miqdorida ta‘simlagan holda).

2012 yil 1 iyul holatiga ko‘ra  Kompaniya ustav jamg‘armasi 2 250,0 ming yevro ekvivalentiga etkazildi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 31 maiydagi «Sug‘urtalovchilarning moliyaviiy barqarorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘rsida»gi  1544-sonli qarorining ijrosini ta‘minlash maqsadida amalga oshirildi. Shundan so‘ng ta‘sischilarning ulushlari quyidagicha taqsimlandi: «Uzbekinvest» EIMSK – 82,22%, «Kafolat» DASK – 17,78%.

Moliyaviy barqarorlikni va to‘lov qobiliyatini oshirish bo‘yicha navbatdagi o‘zgarishlar 2012 yilning noyabr oyida amalga oshirilib, qonunchilik talablarini ijrosini ta’minlash uchun ta’sischilarning umumiy yig‘ilishi bayoni asosida «O‘zbekinvest Hayot»  sug‘urta kompaniyasining ustav jamg‘armasi 3 000,0 ming yevro ekvivalentiga yetkazildi.

Kompaniyning yurudik manzili ozgargani uchun, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2013 yil 7 yanvar kuni hayotni sug‘urta qilish sohasida (I-IV klasslar) va umumiy sug‘urta sohasida (1-2 klasslar) ihtiyoriy va majburiy sug‘urtalashni amalga oshirish huquqini beradigan SF 00178‑sonli litsenziya berildi.

«O‘zbekinvest Hayot» MCHJ shaklidagi sug‘urta kompaniyasi hayotni sug‘urta qilish sohasida majburiy sug‘urtani amalgam oshirish huquqini birinchi bo‘lib (xususan, «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq anniutet sug‘urtasi shartnomalarini tuzish bo‘yicha) olgan sug‘urta kompaniyasidir.

«O‘zbekinvest Hayot» MCHJ sug‘urta kompaniyasi sug‘urtaga qabul qilinayotgan qaltisliklar bo‘yicha to‘liq majburiyat olib bora olishi milliy shkala (Saipro) bo‘yicha «UzА+» moliyaviy barqarorlik reytingi (juda yuqori moliyaviy barqarorlik) berilganligida ham oz tasdig‘ini topgan.

2014 yil avgust oyida Kompaniyaning ish faoliyati bo’yicha 2013 yil yakunlariga ko‘ra, ta’sischilarning qaroriga asosan va moliyaviy barqarorlikni va to’lov qobiliyatini oshirish maqsadida kompaniya daromadining bir qismi  Kompaniya Ustav jamg‘armasi oshirishga qaratildi. Buning natijasida ustav jamg‘armasi o‘zgartirilgan sanasiga ko‘ra 3 074,90 yevro  ekvivalentiga etkazildi.

2015 yilning 14 aprelida «O‘zbekinvest Hayot» sug`urta kompaniyasi moliyaviy barqarorligini yaxshilash maqsadida Kompaniya ta`sischilari tomonidan Kompaniya Ustav kapitalini oshirish to`g`risidagi navbatdagi qarori qabul qilindi. Shu munosabat bilan ta`sischilar tomonidan Kompaniya ustav kapitalini oshirish maqsadida mablag` ajratildi, hamda Kompaniyaning 2014 yil faoliyatidan olgan sof foydasi ham Kompaniya ustav kapitalini oshirishga yo`naltirildi. 2015 yi 22 aprel holatiga «O‘zbekinvest Hayot» sug`urta kompaniyasining shakllantirilgan ustav kapitali 4 000,0 ming yevro ekvivalentiga yetkazildi.

Bundan tashqari sug‘urta portfelining muvozanatini taminlash va moliyaviy barqarorlikni kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha choralarni ko‘rish maqsadida Kompaniya etakchi milliy va xorijiy qayta sug‘urta kompaniyalari bilan birgalikda qayta sug‘urta ishlarini faol amalga oshirmoqda.

«O‘zbekinvest Hayot» MCHJ sug‘urta kompaniyasining shakillantirilgan ustav jamg‘armasi 4,0 mln.yevro ekvivalentini tashkil etadi. Ta’sischilar – «Uzbekinvest» EIMSK (80%) va «Kafolat sug`urta kompaniyasi» AJ (20%).

Tashkiliy tuzilmani va kompaniya boshqaruvini optimallashtirish maqsadida 2016 yil 2 avgustdagi Ta’sischilar umumiy yig’ilishining qaroriga asosan, «O‘zbekinvest Hayot» SHXJ SK tashkiliy-xuquqiy shakli «O‘zbekinvest Hayot» MCHJ SK etib qayta tashkil etildi. Bu haqida 2016 yil 10 avgustda davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida 9-sonli guvohnoma va 2016 yil 22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan SF 00217‑sonli litsenziya berildi. Qayta tashkil etilish sanasiga ta’sischilar tarkibi o’zgarishsiz qoldi: «Uzbekinvest» EIMSK (80%) va «Kafolat sug`urta kompaniyasi» AJ (20%).