Yaqinlarga g‘amxo‘rlik bilan

Anuitet sug‘urtasi

Annuitet sug‘urtaning ushbu turi O‘zbekiston Respublikasining 2009 iyul 16 apreldagi «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiiy sug‘urtasi to‘g‘risida» gi O‘RQ-210-sonli qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiiy sug‘urta qilish to‘g‘rsida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini joriiy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 177-sonli qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasining 2005 iyil 11 fevraldagi «Mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq ravishda hodimlarga etkazilgan shikastlar, kasbiiy kasalliklar yoki sog‘liqiga boshqa zararlarni qoplash qoidalari»ga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq majburiiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha jabrlanuvchi yoki zararni qoplanishiga haqli shahsning zararlari bir yildan ortiq muddatda qoplanishi belgilangan hollarda Ish beruvchi uning hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushgan kundan e‘tiboran yetti ish kuni ichida annutitet shartnomasini tuzishi shart.

 

Annuitet shartnomasi bo‘yicha sug‘urta kompaniyasi annuitet shartnomasida kelishilgan to‘lov uchun (sug‘urta mukofoti) sug‘urta puli chegarasida bir yildan ortiq muddatga joriiy to‘lovlar ko‘rinishida sug‘urta qoplamasini quyidagicha tegishli shahsga to‘laydi:

 

- mehnat jarohatini olish bilan bog‘liq ravishda uning sog‘liqiga etkazilgan zarar, ish vazifalarini bajarish bilan bog‘liq kasb kasalligi uchun jabrlanuvchiga;

 

- ish vazifalarini bajarish bilan bog‘liq ravishda hodim vafot etganda sug‘urta qoplamasini olishga haqli naf oluvchiga.

 

Annuitet shartnomasining asosiiy shartlari:

 

1. Annuitet shartnomasi jabrlanuvchi mehnatga layoqatini yoqotgan ma‘lum muddatga yoki naf oluvchi boquvchi-hodimning vafot etishi munosabati bilan qoplama olishga haqqi bo‘lgan muddatga tuziladi.       

 

2. Sug‘urta mukofotining to‘lovi butun sug‘urta muddati uchun Ish beruvchi tomonidan bir vaqtning o‘zida to‘liq amalga oshiriladi.

 

3. Sug‘urta qoplamasining miqdori ish haqining miqdoriga bog‘liq. Annuitet shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qoplamasi quiyidagi ko‘rinishda to‘lanadi:

 

- jabrlanuvchining mehnatdagi jarohatgacha bo‘lgan o‘rtacha oylik ish haqining mehnat qobilijatini yoqotish yoki kasb kasalligi darajasiga mos foizlaridagi oylik to‘lovlar;

 

- vafot bo‘lgan shahsning ulushi va uning qaramogida bo‘lgan, lekin zararni qoplanishiga haqli bo‘lmagan mehnatga layoqatli shahslarning ulushini chegirib qolgan holda o‘rtacha oylik ish haqi  miqdoridagi oylik to‘lovlar.