Hamkorlarimiz

Tibbiy assistans bo‘yicha

«AWP P&C S.A.»

«AWP P&C S.A.» sug‘urta kompaniyasi Shveytsariyada 100 yildan ortiq muddat avval «ELVIA» nomi bilan tashkil etilgan. Hozirgi globallashuv davrida «AWP P&C S.A.» sug‘urta kompaniyasi xalqaro servis-sug‘urta xoldinglari orasida jahonning eng etakchi «Mondial Assistance» guruhiga kiradi.

«AWP P&C S.A.» sug‘urta kompaniyasi 400 000 dan ortiq xizmat etkazib beruvchilar tarmog‘i orqali 5 qit‘adagi 180 ta davlatga o‘z xizmatlarini ko‘rsatuvchi 6,5 mingta xodim ishlaydigan 37 ta operatsion markazga ega. Har yili «AWP P&C S.A.» 11 million murojatni ro‘yxatga olib, bu «de fakto» «AWP P&C S.A.» tomonidan har 3 sekundda dunyoning qaysidir joyidagi biron bir insonga yordam ko‘rsatilayotganligini anglatadi.

«AWP P&C S.A.» XX asirning 50-yillarida joriy etilgan turizm sug‘urtasining asoschisi hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu faoliyat turi moliyaviy tushumlarning 70% tashkil etib, kompaniyaning barqaror ekanligidan dalolat beradi.Mana 8 yildirki «O‘zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasi «AWP P&C S.A.» bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilib kelmoqda va birgalikda o‘z mijozlariga kompleks malakali assistans xizmatlarini taqdim etmoqda.

«AWP P&C S.A.» butun jahon bo‘ylab turli tillarda sug‘urtalangan mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi o‘z servis markazlariga – assistans bo‘linmalariga ega. Jumladan, rus zabon mijozlar uchun yilida 365 kun, haftada 7 kun, sutkada 24 soat qong‘iroqlarni qabul qilayotgan uzluksiz ikkita servis markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Rus tilida so‘zlashadigan malakali operatorlar va shifokorlar guruhi zamonaviy telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari orqali mijozlardan qongiroqlarni qabul qiladi va ularga qaltis vaziyatlarda, ya‘ni kasallanganda, baxtsiz hodisa, falokat, tabiiy ofat yuz berganda, ayniqsa, chet elda, begona yurtda bo‘lganlarida mijozlar ko‘mak va malakali yordam kutadigan har kunlik vaziyatlarda yordam ko‘rsatadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelsa, sug‘urtalangan shaxs «AWP P&C S.A.» ning servis markaziga telefon orqali murojaat etishi lozim. Markaz, sug‘urtalangan shaxs qayerda bo‘lmasin, qisqa muddat ichida tibbiy yordam ko‘rsatadi. «AWP P&C S.A.» o‘z mijozlariga quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi malakali tibbiy assistansni taqdim etadi:

– shifokordan telefon orqali tibbiy maslahat olish;

– sug‘urtalangan shaxs joylashgan joyga shifokor tashrifi;

– tez tibbiy yordam ;

– shifohonaga yetkazish;

– tana qoldiqlarini vatanga jo‘natish;

– jabirlanuvchining qarindoshlari hamroh bo‘lishlarini taminlash;

– va boshqa xizmatlar.

Xizmatlar bepul taqdim etiladi. Sug‘urtalangan shaxs o‘z moliyaviy mablag‘larini unga ko‘rsatilayotgan yordam uchun sariflashi kerak emas. Barcha xarajatlarni qoplanishi «AWP P&C S.A.» tomonidan kafolatlanadi va to‘lanadi, ya‘ni yordam ko‘rsatayotgan har qanday tibbiy muassasa xarajatlar qoplanishini kafolatini olish uchun, albatta, «AWP P&C S.A.» ga murojat etadi.

Assistans xizmatining dispecherlik markazi bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmasa, Sug‘urtalangan shaxs keyinchalik mazkur xarajatlar o‘rni qoplanishi sharti bilan o‘z hisobidan zarur tibbiy xizmatlar uchun xarajatlarni qoplashi va/ yoki dori darmonlarni xarid qilishi mumkin. Buning uchun mijoz O‘zbekistonga qaytgandan keyin belgilangan muddatlarda sug‘urta kompaniyasiga yuz bergan voqea batafsil ko‘rsatilgan yozma arizani taqdim etishi va unga tibbiy hujjatlar (yo‘llanmalar) , retseptlar, to‘lov qogozlari va cheklarning aslini ilova qilishi lozim.

«O‘zbekinvest Assistans» servis agentligi

«O‘zbekinvest Assistans» servis agentligi «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining sho‘ba korxonasi bo‘lib, kompaniya Direktorlar Kengashining qaroriga muvofiq 2000 yilning aprel oyida tashkil etilgan.

«O‘zbekinvest Assistans» servis agentligi O‘zbekiston Respublikasidagi barcha yetakchi tibbiyot muassalari, doroxonalari bilan hamkorlik qiladi (100 dan ortiq muassasa).

Tashkil etilishidan maqsad:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tibbiy, texnik, yuridik va shaxsiy assistans bo‘yicha o‘z vaqtida va sifatli xizmatlar ko‘rsatish.

Mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar:

– ixtiyoriy tibbiy sug‘urta bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;

– respublika bo‘ylab etakchi tibbiyot muassalari bilan hamkorlik qilish;

– servis xizmatlari yuqori darajada bo‘lishini kafolatlash;

– davolanish va tashhis qo‘yish haqida axborot bilan taminlash;

– telefon orqali mijozlarni qo‘llab-quvvatlovchi uzluksix xizmat korsatish;

– mijozlar xabarlariga tezkor aks harakat qilish;

– sug‘urtalangan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish;

– xodimlarni yuqori darajada tayyorlash;

– sug‘urtalangan shaxslar va sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida axborot almashinuvini ta‘minlash.

Tibbiy assistansni tashkil etish:

– tibbiy maslaxatni, ambulator va statsionar yordami;

– uyda (mehmonxonada) ko‘rikdan o‘tish va davolanish;

– shifoxonada tibbiy kuzatuv ostida bo‘lish;

– sug‘urta voqeasi joyida kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy va tez yordam;

– instrumental va laborator tekshiruvlar;

– dori-darmonlarni yetkazib berish;

– evakuatsiya qilishda tibbiy eskort;

– tibbiy evakuatsiyani, tibbiy va vafot etish munosabati bilan repotriatsiya (tana qoldoqlarini vatanga jo‘natish) , hujjatlarni tayyorlash va tegishli ruxsatni olish.

«ESADO» Ma‘suliyati Cheklangan Jamiyat

Kompaniya 2008yil avgust oyida mustaqil assistans kompaniyasi sifatida tashkil etilgan. Kompaniya tasischilari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – jismoniy shaxslardir. Asosiy vazifalardan biri – tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

«ESADO» MChJ O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab yetakchi tibbiyot muassasalari, dorixonalari bilan hamkorlik qiladi (70 dan ortiq muassasa).

Mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar:

– ihtiyoriy tibbiy sug‘urta bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;

– respublik bo‘ylab yetakchi tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik qilish;

– servis xizmatlari yuqori darajada bo‘lishini kafolatlash;

– davolanish va tashhis qo‘yish haqida axborot bilan ta‘minlash;

– telefon orqali mijozlarni qo‘llab-quvvatlovchi uzluksix xizmat ko‘rsatish;

– mijozlar xabarlariga tezkor aks harakat qilish;

– sug‘urtalangan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish;

– taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini nazorat qilish;

– xodimlarni yuqoro darajada tayyorlash;

– sug‘urtalangan shaxslar va sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida axborot almashinuvini ta‘minlash.

Tibbiy assistansni tashkil etish:

– tibbiy maslahatni, ambulator va statsionar yordami;

– uyda (mehmonxonada) ko‘rikdan o‘tish va davolanish;

– shifoxonada tibbiy kuzatuv ostida bo‘lish;

– sug‘urta voqeasi joyida kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy va tez yordam;

– instrumental va laborator tekshiruvlar;

– dori-darmonlarni yetkazib berish;

– evakuatsiya qilishda tibbiy eskort;

– tibbiy evakuatsiyani, tibbiy va vafot etish munosabati bilan repotriatsiya (tana qoldoqlarini vatanga jo‘natish) , hujjatlarni tayyorlash va tegishli ruxsatni olish.

Qayta sug‘urta boyicha

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi

«O‘zbekinvest»eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi 1994 yil 13 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (83,3%) va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (16,7%) ta‘sischiligida 60 mln. AQSh dollari ekvivalentidagi ustav jamg‘armasi bilan tashkil etilgan. Tashkil etishdan maqsad milliy eksportchilarga ko‘maklashish va respublikaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, O‘zbekiston aholisini va xaridorbop xizmatlar bilan ta‘minlash hisoblanadi.

Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan, umumiy sug‘urta sohasining 17 ta klassi bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish huquqini beruvchi 2010 yil 29 iyundagi 00144-sonli litsenziya asosoda o‘z faoliyatini yuritadi.

Qayta sug‘urta kompaniyasi «Transinsurance Re» qo‘shma korxonasi

Qayta sug‘urta kompaniyasi «Transinsurance Re» O‘zbekiston-Shveytsariya qo‘shma korxonasi 2006 yilda milliy sug‘urta bozorida 1996 yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston-Shveytsariya qo‘shma sug‘urta kompaniyasi negizida 1,6 AQSh dollari miqdotidagi ustav jamg‘armasi bilan tashkil etilgan. Bugungi kunda kompaniya ustav jamg‘armasi 4,3 mln. evro ekvivalentiga teng.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan 2006 yil 5 sentyabrdagi 00067-sonli litsenziya kompaniyaga sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha qayta sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beradi.

«Transinsurance Re» qayta sug‘urta kompaniyasi milliy shkala (Saipro) bo‘yicha UzA – yuqori moliyaviy barqarorlik reytingiga ega.

Mijozlarimiz

MCHJ SK «O‘zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasiga quyidagilar kabi kompaniya va tashkilotlar o‘z xodimlarining hayoti va sog‘ligini sug‘urtalasini ishonib topshirganlar:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Statistika qomitasi, oilaviy poliklinikalar.

Quyidagi kompaniyalarning vakolatxonalari: Mitsubishi Corporation, Berlin-Chemie Menarini Group, Glaxosmithkline Export Limited, Bionorica AG, Bayer Shering AG, Western Union, SGS Tashkent Ltd., МChJ «Salyus Pharm», «Lek Pharmaceuticals», МChJ «Fito-Farm-Lek».

Qo‘shma va xorijiy korxonalar: МChJ «Intertich», МChJ «Maxam Chirchiq» ҚК, МChJ «Avalon Group».

Auditorlik tashkilotlari: «Deloitte and Touche», «Grant Thornton» МChJ, MАК «Alyans-Audit».

Lizing tashkilotlari: «Qurilish-Lizing» ОТАJ, «Trast-Leasing» МChJ, ОТАJ«Baraka Lizing» ULK, «Paxta Lizing» YoТАJ.

Milliy ishlab chiqaruvchilar va kompaniyalar: OTAJ «Ozekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasi, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, «Shortaneftgaz», Uzinfocom Markazi DUT

Oliy o‘quv yurtlari: «MDIS Tashkent» (Singapur instituti), Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabi, «Istedod» jamgarmasi, Samarqand Davlat chet tillari instituti.

Futbol klublari: «Dinamo» (Samarqand), «Sevinch» (qarshi), «Bunyodkor » (Toshkent).

Moliya va kredit tashkilotlari: O‘zR TIF Milliy banki, «Ipoteka bank» АИТB, «Qishloq Qurilish Bank» АТB, ASAKA BANK, «Ozsanoatqurilishbank» АТB, DТ«Xalq banki», «Кapitalbank» АТB.

Sug‘urta kompaniyalari: «Ўзбекинвест» EIMSK, «Кафолат»DASK, «Kapital Sugurta», МChJ «Temiryo’l Sugurta» QК, МChJ «Standard Insurance», «Universal Sug’urta» YoТАJ, «Finans Sug’urta» ОТАJ, МChJ «Global Insurance Group», ОТАJ «Алском» SК, «INGO Uzbekistan» ОТАJ, ОТАJ «Silk Road Insurance» SК, «Agro Invest Sugurta» ОТАJ, YoТАJ «Alfa Invest» SК, ShХJ «Alfa Life» SК, МChJ «Кафил-Суғурта», «Garant Insurance Group» ShSК, МChJ «Mega Invest Insurance» SК, «Ишонч» BSК, МChJ «Unipolis» SК. va boshqa ko‘pgina tashkilotlar.