Sug‘urta agenti – bu keng istiqbollar. Birinchidan, odamlar bilan ishlaganda ixtiyorsiz turli savollarga duch kelib, ularni hal etishga to‘g‘ri keladi va vaqt o‘tishi bilan Siz mijozlarga nafaqat sug‘urtani taklif qilish, balki ularga kreditni qaysi bankda rasmiylashtirish yaxshi ekanligini, qayerda avia chiptalarni xarid qilish mumkinligini, hayotdagi muhim voqealarga xarajatlarni qanday rejalashtirish yoki ko‘p tanishlaringiz bo‘lganligi tufayli mijozlaringizga biznes hamkorlarini topishda yordam berishingiz mumkin. Boshqa so‘zlar bilan aytganda endi Siz sug‘urta agentigina emas, balki moliyaviy maslahatchisiz.
O‘z-o‘zidan bu faoliyat Sizga daromad olib keladi. Qulay tomoni shuki, sug‘urta agenti ishini asosiy ish bilan birga amalga oshirsa bo‘ladi. Balki, vaqt o‘tishi bilan Siz uchun faqat sug‘urta va unga aloqador, yuqorida keltirilgan xizmatlar bilan shug‘ullanish foydaliroq bo‘lib qolar.
Sug‘urta agenti bo‘lish uchun o‘z hududingizdagi bizning filialga murojat etib, zarur hujjatlarni to‘ldirishingiz va o‘qishingiz kerak (qaysi biri qulayligidan kelib chiqib, kunduzgi yoki masofali o‘qish). O‘qish natijalariga ko‘ra Sizga kerakli malakaga ega ekanligingizni tasdiqlovchi sertifikat va kopaniya nomidan rasmiy vakillik qilsh va uning sug‘urta mahsulotlarini sotish huquqini beruvchi guvohnoma beriladi.
Sug‘urta agenti jismoniy va yuridik shaxs bo‘lishi mumkin. Jismoniy shaxslar yuridik shaxs bo‘lmasdan yoki yakka tadbirkor sifatida faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Agar agentlik kelishuvi kompaniya (firma) bilan tuzilsa, qulaylik va tezkorlik uchun ushbu tashkilotning xodimlari ichidan ma‘sul shaxslar tayinlanadi.
Komission mukofot amalga oshirilgan ish yakunlariga ko‘ra ichki hujjatlar asosida bankdagi shaxsiy (plastik kartalarga)/ hisob raqamiga tegishli summalarni o‘tkazish orqali to‘lanadi.