AGAR SIZGA YORDAM KERAK BO’LSA NIMA QILISH LOZIM

3 Mart , 2020

        Tibbiy yordam olish uchun Siz quyidagi har qanday uslubda assitans xizmati bilan bog’lanishingiz lozim:

        1. Saytda ko’rsatilgan elektron manzil bo’yicha allianz-assistance-contact.ru

     ·  BEPUL INTERNET-QO’NG’IROQDAN FOYDALANISH ORQALI. Buning uchun bog’lanish mumkin bo’lgan Wi-Fi tarmog’iga ulanish. Bu ovozli so’zlashishni amalga oshirish va roumingga xarajat qilmaslik imkonini beradi;

     ·  WEB-CHATDAN FOYDALANISH. Assistans xodimlari xabarlarga on-layn tarzida javob beradirlar, yozishmalarning barcha tarixi esa murojaatlar to’g’risidagi ma’lumotlarda saqlanadi;

     ·  QAYTA ALOQA SHAKLIDAN FOYDALANISH. Sug’urtalangan shaxs o’zining aloqaga chiqish ma’lumotlarini va so’rovini qoldiradi, assistans xodimlari esa tavsilotlarni aniqlash va/yoki yordam ko’rsatishni tashkil etish uchun u bilan bog’lanishadi.

         Servis kompaniyasi xodimlari ingliz, rus va turk tillarida xizmat ko’rsatishlari mumkin. 

              

       

  


        Tibbiy yordam olishga zarurat tug’ilganda Siz Assistans xizmatining xalqaro dispetcherlik markaziga  

     +7 (495) 212 21 43 (Moskva, Rossiya) telefon raqami orqali murojaat qilib, quyidagi ma’lumotni berishingiz kerak:

 

  • shaxsiy ma’lumotlar – yordamga muhtoj sug’urtalangan shaxsning F.I.Sh. (pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat bilan tasdiqlanadi);
  • sug’urta polisining raqami va amal qilish muddati, sug’urtalangan shaxs qaysi mamlakat hududida ekanligi;
  • nima bezovta qilayotgani hamda bu hodisa qanday vaziyatlarda yuz berganining batafsil bayoni;
  • qayta aloqaga chiqish uchun kontakt telefon raqamlari;
  • davolash muassasasi yoki boshqa muassasa haqidagi ma’lumotlar, agar jabrlanuvchiga yordam ko’rsatib bo’lingan yoki yordam ko’rsatish boshlangan bo’lsa.

Assistans xizmatining dispetcherlik markazi bilan bog’lana olmasangiz, Siz sug’urta hodisasi bilan bog’liq xarajatlarni o’zingiz mustaqil to’lashingiz mumkin. Shundan so’ng xarajatlarni qoplash uchun yozma shaklda bizga bo’lib o’tgan hodisa haqida quyidagilarni taqdim etgan holda xabar berishingiz lozim:

 

  • sug’urta hodisasining yuz berishi tafsilotlari va xarajatlar summasini ko’rsatgan holda, xarajatlarni qoplash haqida yozma ariza; arizada shuningdek, Siz Assistans xizmatiga murojaat qilmaganingiz sabablarini ham ko’rsatishingiz zarur;
  • Polis yoki uning nusxasi (agar uning amal qilish muddati tugamagan bo’lsa);
  • Tibbiy hujjatlarning asli (tashhis ko’rsatilgan tibbiy hisobot, retseptlar, tekshiruvga yo’llanma va h.k.);
  • Ko’rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun haq to’langanligini tasdiqlovchi hujjatlarning asli (to’lov haqida shtamp, chek/kvitansiya, pul o’tkazilganligi haqida bank tasdig’i).

Ambulator davolanish uchun xarajatlarni qoplash sifatida sug’urta to’lovlarini amalga oshirish uchun faqat to’langan schyotlar qabul qilinadi. To’lanmagan schyotlar taqdim etilganda yozma tushuntirishlar ham taqdim  etilishi kerak. To’lanmagan schyotlar kompaniyaga ular olingandan keyin 15 (o’n besh) kalendar kuni ichida quyidagi elektron pochta orqali  yuborilishi lozim: info@uzhayot.uz

           

Baxtsiz hodisa munosabati bilan sug’urta pulini olish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

 

  • polis yoki uning nushasi;
  • baxtsiz hodisa tafsilotlarining batafsil bayoni va guvohlar F.I.Sh.;
  • baxtsiz hodisa xususidagi huquq-tartibot organlari bayonnomasi;
  • kasallik tarixidan ko’chirma;
  • agar hodisa o’lim bilan yakunlangan bo’lsa, o’lim haqidagi rasmiy guvohnoma. Sug’urtalangan shaxs yo’qolib qolgan taqdirda – sudning uni o’lgan yoki daraksiz yo’qolgan deb e’lon qilinganligi haqidagi qarori.

Shuningdek, yuz bergan baxtsiz hodisaning xarakteri va holatlariga qarab, sug’urta hodisasi  yuz berganligini aniqlash uchun zarur boshqa hujjatlar ham so’ralishi mumkin.

Ariza va kerakli hujjatlar (rus, ingliz, fransuz, nemis tillaridan boshqa tilda tuzilgan hujjatlarning notarial tasdiqlangan tarjimasini ilova qilgan holda) sug’urta kompaniyasi yoki Assistans xizmatiga Siz O’zbekistonga qaytgandan kundan boshlab, yoxud Siz uzoq muddat O’zbekistondan tashqarisida bo’lsangiz hodisa yuz bergan paytdan 30 (o’ttiz) kalendar  kuni ichida quyidagi manzilga taqdim etilishi lozim:

 

«O‘zbekinvest Hayot» MChJ SK: O’zbekiston, 100015, Toshkent sh., Oybek ko’chasi, 36-uy.